Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a’zolari kiritgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga "Turli masalalar” yoki "Boshqa masalalar"ning kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Bayonnomalarda yo'l qo'yilgan xatoliklar izohlanadi va kengash raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. Bayonnomalar
Bayonnomalar daftari maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Pedagogika kengashi bayonnomasi har o'quv yili boshida yangidan raqamlanadi.