Maktabgacha pedag


-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə42/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   260
F

6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari

Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar koiami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o'zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o'zini idora qilish va o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la bosh­laydi. Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bi- lishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shaklla­na boradi.


Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan taiim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihat­dan ta’lim olishga tayyor bo'lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xu- losalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga taiim berish imkoni­yatiga ega bo'lishi shart. O'qituvchining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bo­lalarga taiim va tarbiya berish uchun loyiq bolganda, u olti yo­shli bolalarni o'qitish huquqiga ega boiadi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o'qitadigan o'qituvilar pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina taiim jarayoniga kirishilishi kerak.


132




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin