Bolani maktab ta'limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning aha- miyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko'nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvaffaqqiyatli o'qishlari uchun bo'lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo'lib xizmat qiladi.
Odamning aqliy faoliyati - bu umumiy ham maxsus aqliy ha- rakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko'pgina vazifalarni hal etishda qo'llaniladigan keng ko'lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday hara- katlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi.
Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo'shqinligini, hodisalarni xilma- xil aloqalar va munosabatlarda ko'ra bilishni shakllantirish- ga yordam beradi, «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o'rtaga qo'yish, uni hal etish usullarini tanlash, ish-
160
lab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalari- ni baholash mahorati kiradi.