Maktabgacha pedag


Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə72/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   260
F

Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligining 19.09.2013-yil 302-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Maktab­gacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablari” da maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish vazifalari belgilab berildi. Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga bozor, sotuvchi, xaridor, bank, banker, pul qiymatlari, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar berish ko'rsatib berilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlarni berishda dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid ma’lum bilimi va ma’lumotlar bilan qurollangan bo'lmog'i zarur.

Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari zarur:

  • Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o'rni va uning rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslarini;

  • zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qo'llay olish;

  • bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash zarur.

Iqtisodiy tushunchalardan bo'lgan bozor tushunchasi bilan tanishtirishda tarbiyachi bolalarga "bozor” haqida ma'lumot beradi.

Bozor - bu xaridor bilan sotuvchilar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri bilan bog'laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi.

Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?

Sotuvchilar - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, fermer xo'jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.

Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste’molchilar- dir.


259





Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni oldi-sotdi munosabatlari paydo boiadi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya'ni, bog'bon o'z yetishtirgan ho'l meva mahsulotlarini sotib, o'rniga o'ziga kerakli mahsulot sotib oladi.

Bunda: tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari haqida ma'lumot beriladi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin