Maktabgacha pedag


Mavzu yuzasidan test topshiriqlari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə69/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   260
F

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. Bolalar muassasalarida navbatchilik qaysi guruhdan boshlanadi?

  1. Ilk yosh guruhidan

  2. O'rta guruhdan

v) Katta guruhdan '

g) 2-kichik guruhdan

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday mehnat turlariga jalb qilinadi?

  1. Kattalar mehnati bilan tanishtirish

  2. O'z-o'ziga xizmat qilish, xo'jalik-maishiy mehnat, tabiatdagi mehnat, qo'l mehnati


243



v) Bolalarni kattalar bilan birgalikdagi mehnati g) Tabiat qo'ynidagi mehnat

  1. MTMlarda mehnatni tashkil etish shakllari qaysilar?

  1. O'z-o'ziga mehnat qilish, topshiriqlarni bajarish, yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo'l mehnati, barcha mashg'ulotlar, jamoa mehnati

  2. Mehnat natijalari

v) Maishiy-xo'jalik mehnat g) Bolalarning o'z mehnati

  1. Mehnat jarayonini rejalashtirish nimalarni o'z ichiga oladi?

  1. Mehnat malakasini o'rgatish, mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish

  2. Maqsad qo'yish

v) Mehnat faoliyati uchun kerakli ish qurollarini tayyorlab olish

g) Natijani aniqlab olish, ish joy ini yig'ib qo'yish

  1. Mashg'ulotga tayyorgarlik bo'yicha qaysi guruhdan navbatchilik o'tiladi?

  1. Tayyorlov guruhidan

  2. O'rta guruhdan v) Kichik guruhdan g) Katta guruhdan


244



  1. BOB. IQTISODIY TARBIYA


Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasi­da mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish yo'lida o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yan- vardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1994-yil 15-mart- dagi O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish- ning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish” to'g'risidagi, shuningdek, 2001-yil 22-avgust, 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir.

Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiya- chilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.

Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish lozim.

Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondi- rishga qaratilgan faoliyatdir.

Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.

Iqtisodiyot - kishilarning yashashi uchun zarur bo'lgan moddiy ashyolarni yaratish va iste’molchiga yetkazib, hayot kechirishni kafolatlaydi.


245



Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyojini qondiruvchi vosita.

Shu o'rinda ehtiyojning o'zi nima ekanligini anglab olish zarur.

Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda ma'lum mavqega ega bo'lish uchun zarur bo'lgan turli-tuman noz-ne’matlar, ya’ni barcha mahsulot va xizmatlarning majmuasidir.

Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:

  1. Moddiy-mahsulotlarga boigan ehtiyojlar bunga oziq- ovqat, kiyim-kechak, turar joy uy asbob-anjomlari, transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.

  2. Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya’ni, ta’lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyojdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va istaklari asosida namoyon boiadi.

Bola ehtiyoji:

  • to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga boigan ehtiyoj

  • ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan sarflash

  • dam olish, sayohatga chiqish

  • shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter

  • shaxsiy o'rin-joy

Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga o'rgatiladi. Bolalarga har qanday talab - bu huquqiy mas'uliyat deb qaralishini tushuntirish zarur.

Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji to'xtovsiz o'sib borishi haqida ma’lumot beriladi.

Masalan, ta’lim xizmatlariga bo'lgan ehtiyoj turli yo'nalishdagi o'quv markazlari, chet tillarni o'rganishga boigan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojlarining o'rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning paydo bo'lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko'payishi kuzatiladi.


246





Iqtisodiyot hech narsa yo'q yerda bo'lishi mumkin emas. Bu albatta, iqtisodiy resurslar, kattalar mehnati orqali amalga oshiriladi.


Iqtisodiy resurslar:

  1. Moddiy resurslar

  2. Mehnat resurslari

  3. Informatsion axborot resurslar

Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan tanishtirganda tabiiy resurslar - yer, suv, yer osti va usti boyliklaribularningbarchasi tabiat ne'matlari ekanligi, ulardan oqilona foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy jihatlari, ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o'lkamizdagi barcha boyliklarni asrab-avaylash kerakligi, tevarak-olam, tabiat, matematika, nutq o'stirish va boshqa pedagogik jarayonlarda o'rgatib boriladi.

Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar, mashina va mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat resurslari ular kim tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning mehnat qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xo'jaligidagi kattalarning ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari bilan tanishtiriladi. Endilikda har bir ishni tashkil etishda, albatta, oldin kerakli mahsulotlar yig'ilar, shularga tayanib, kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Bu axborot- informatsion resurs jarayoniga kiradi.

Yuqorida biz iqtisodiyot va iqtisodiy resurs va ehtiyojlar haqida fikr yuritib, maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish dolzarb muammo ekanligi va mamlakat iqtisodiyotini ko'tarishda jamiyatning hamma fuqarolari faol qatnashishi zarurligini ta’kidlagan holda maktabgacha ta’lim pedagogikasi o'z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo'ydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish­ning maqsadi bolalarga iqtisodiyotga oid bilim va ma’lumotlar berish orqali iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetish va ularni iqtisodiy faoliyatga yo'naltirishdir.


247





Shuningdek, milliy iqtisodiyotimizning barqaror o'sishida kelajak avlodni tarbiyalshni maqsad qilib qo'yadi.

Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustu- vor hisoblanadi:

  1. Maktabgacha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlan­tirish tamoyillari va qonuniyatlari bilan tanishtirish orqali ularni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish;

  2. Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash, o'z kundalik faoliyatlarida ongli ravishda qo'llay olish malakalarini shakl­lantirish:

  3. Bolalarda iqtisodiy tafakkur elementlarini shakllantira borib iqtisodiy muammolarni tahlil, farqlay olish, isbotlay olish va umumlashtirish ko'nikmalarini tarkib toptirish;

  4. O'qitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan foydalanish.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobi "Jamiyatning iqtisodiy negizlari”ga bag'ishlangan bo'lib, unda: bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir” deyiladi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin