IV. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlarida magistrlar ma’ruzada olgan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘ladilar.
Seminar mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Pedagogik akmeologiyaning shakllanish tarixi va hozirgi kundagi rivojlanishi.
Pedagogik akmeologiya fanining metodologiyasi va metodlari
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Magistrant mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
Magistrantning o‘quv- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalanadigan o‘quv mashg‘ulotlari;
Magistrantga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi.
Tavsiya etiladigan mustaqil ta’limning mavzulari:
1.Akme tushunchasining mohiyati. Tushuncha mohityatini ochib beruvchi qarashlar.
2.Pedagogik akmeologiya tadqiotlar tarixi va metodologiyasini o‘rganish
3. N.V.Kuzmina bo‘yicha akmeologiyaning klassifikatsiyasi.
4. Akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. A.A.Derkach va V.G.Zazikin.
5.Kasb, kasbiy faoliyat, kasbiy taraqqiyot.
6..Akmeografik yondashuv. Professiogramma va akmeogramma.
7.Pedagogik akmeologiya.
8. Pedagogning professionalizmi va psixologik-akmeologik kompetentliligi
9.Pedagogik akmeologiyada modellashtirish.
10.Akmeologik treninglar.