Go‘zallik – ijtimoiy-ma’naviy hodisa bo‘lib, u voqelikdagi favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa va hodisalarning shaklan va mazmunan uyg‘unligi asosida namoyon bo‘luvchi, insonda yoqimli tuyg‘u, zavq va kuchli hayratni hosil qiladigan qadriyatdir.
Go‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida. Go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir.
ULUG‘VORLIK
ULUG‘VORLIK
Ulug‘vorlik – insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmuidir. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksizdir. Ulug‘vorlik o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni mujassam etadi.
1
1
2
3
4
Tabiatdagi ulug‘vorlik
Jamiyatdagi ulug‘vorlik
San’atdagi ulug‘vorlik
Me’morchilikdagi ulug‘vorlik
ULUG‘VORLIK
Uning turlari quyidagicha bo’ladi
ULUG‘VORLIK
cheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon bo‘ladi.
Tabiatdagi ulug‘vorlik
umuminsoniy qadriyatlar, qahramonlik, jasorat, xalqparvarlik, bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg‘unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikrlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning ulug‘vorligini aks ettiradi.