ESTETIKA KARTEGORIYALARI ULARNING MOHIYATI VA AHAMYATI
KATEGORIYA
Estetika fani ham boshqa fanlar qatori, kishilarning amaliy faoliyati erishgan yutuqlarini umumlashtirib o‘zining kategoriyalar sistemasini ishlab chiqdi. Kategoriya (yunon. Kategoria - ko‘rsatma, guvohlik, ifodalovchi) estetikada asosiy tushunchalar bo‘lib, bu tushunchalar voqelikning estetik xossalarini, sifatlarini, tomonlarini, munosabatlarini estetik bilish mohiyatini ifodalaydi. Estetika kategoriyalar sistemasi ham estetika fanining nazariy ravnaqiga mos ravishda yangicha tushunchalar bilan doimo boyib boradi.
Voqelikning estetik belgilarini, aloqalarini tomonlarini, o‘ziga xos bo‘lgan estetik xususiyat va sifatlarini aks ettiruvchi umumlashgan ilmiy tushunchalardan iborat. Estetikaning go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik. tragiklik, komiklik, estetiklik, badiiylik, dramatiklik, tragikomiklik, qahramonlik kategoriyalari mavjud. Bu kategoriyalarni o‘rganish bilan biz dunyoning estetik taraqqiyoti va bu taraqqiyotning o‘ziga xos tomonlarini bilib boramiz.
Estetika kategoriyalari o‘zaro bir-biri bilan aloqadadir. Ular bir-birini to‘ldiradi va rivojlanishiga ko‘maklashadi. Falsafa kategoriyalari ob’ektiv borliqning eng umumiy tomonlarini o‘rgansa, estetika kategoriyalari esa o‘sha borliqning estetik xususiyatlarini ochib berish uchun xizmat qiladi.
ULUG‘VORLIK
ULUG‘VORLIK
FOJIAVIYLIK
KULGILILIK
ESTETIKA KATEGORIYALARI
Shunday qilib estetika kategoriyalari olamni estetik bilish bosqichlari bo‘lib insonni estetik tarbiyalashda vazifasi ulkandir. Bugungi kunda ushbu ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo‘llanilmoqda.