Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining



Yüklə 457,58 Kb.
səhifə3/8
tarix27.04.2022
ölçüsü457,58 Kb.
#56457
1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmedova Matlubaxon Muxtorovna

Shavkat Mirziyoyev
Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo'lib uyg'onadi va hafsala bilan kiyina boshlaydi.

Bolalar kiyimi. Yozgi kiyim rangi ochiq, asosan, oq gazlama- dan, qishki kiyim to'q rangli materialdan tikilishi lozim. Bo- lalarning kiyimi ularning yoshiga yarasha, yengil, qulay, qis- maydigan, estetik didiga javob beradigan paxta matosidan tikilishi kerak.

Bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1, - 1,5 sm bo'lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan bolalarga qishda binoning ichida, yozda maydonchada yalangoyoq, yurishga ruxsat be- risli kerak. Notekis joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini yo'qotadi, bola organizmini chiniqtiradi.

Sayr. Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo'lishlari ular- ning sog'ligiga va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolaning ochiq havoda bo'lishi natijasida qon kislorodga to'yadi, temperaturaning o'zgarib turishi, havoning namligi, shamol ta'siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi, organizmni chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, ha- rakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi.

Ust-bosh va oyoq kiyimlar” mavzusining haqida ma’lumot berish.

Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi (jinsiy aʼzolarni berkitish uchun). Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun).

Kiyim — inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh nuri va b.) taʼsiri va turli mexaniq taʼsirlardan asraydigan vositalar toʻplami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va b. xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng maʼnoda "Kiyim" tushunchasi bosh Kiyimlar, oyoq Kiyimlar (poyabzal), qoʻlqop va b.ni ham oʻz ichiga oladi.

Kiyim turiga koʻra — ichki Kiyim, ustki Kiyim, bosh Kiyimlar, oyoq Kiyimlar (poyabzal); vazifasiga koʻra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻy marosimlarida kiyiladigan (kishilik) Kiyimlar, ish Kiyim (jomakor), sport Kiyim, rasmiy Kiyim (forma)lar, maxsus Kiyimlarga boʻlinadi; ayollar, erkaklar va bolalar Kiyimlariga ajratiladi.

Kundalik Kiyim, odatda, xalqning madaniyati, kishining didiga mos boʻlib, turli modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik oʻz ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan Kiyim yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishilik) Kiyimlari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, munchoq va b.) bilan boyitiladi. Ish Kiyimi (jomakor) oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi (mas, oʻt oʻchiruvchining ish Kiyimi oʻtga chidamli brezentdan, baliqchilarning Kiyimi suv oʻtkazmaydigan matodan tikiladi, traktorchining ish Kiyimi kombinezondan, tibbiyot xodimi, sartarosh, oshpazlarning ish Kiyimi asosan, oq xalatdan iborat va h.k.). Sport Kiyim jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi. Rasmiy Kiyim (forma) harbiy Kiyim, matros, militsioner, aloqachi va rasmiy kishilar (prokuror va b.)ning maxsus nizomda belgilangan Kiyimlari. Maxsus Kiyim homilador ayollar, bemorlar va b. kiyadigan Kiyimlar. Bolalar K . i rang-barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular turli qoʻshimchalar bilan uqa, jiyak, kashta tikib, quroq usulida bezatiladi. Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimni bichish va tikish katta sanʼat. Kiyim tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sunʼiy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va fabrikalarda Kiyim tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. Oʻnga modelyer rassom Kiyim rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas Kiyim bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi.

Yengil sanoat, xususan, toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz oʻsib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi Kiyim modasining tez-tez oʻzgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar Kiyimlari modasi tez-tez oʻzgarib turadi. Hozir Kiyim inson tanasini tashqi taʼsirlardan asraydigan vosita boʻlish bilan birga oʻziga va atrofdagilarga estetik zavq bagʻishlaydigan badiiy sanʼat asariga ham aylanib bormokda. Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi.

Kiyim inson yaratgan turar joy kabi eng qad. ixtirolardan; soʻnggi paleolit davridayoq mavjud boʻlgan Kiyim geografik muhit, xoʻjalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, etnik qatlamlar va b.ga bogʻliq holda taraqqiy etgan. Paleolit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak ignalar topilgan. Kiyim uchun matodan tashqari barglar, oʻtlar, daraxt poʻstloqlari ham xom ashyo vazifasini oʻtagan. Ibtidoiy odamlar hay-von terilari, daraxt poʻstloklari va barglarini suyak va hayvon shoxidan ishlangan "ignalar" bilan shunchaki chatib, badanlariga "ilib" olishgan. Neolit davrida ip yigirish va mato toʻqish sanʼatini oʻzlashtirgan inson Kiyimtikishda dastlab yovvoyi oʻsimlik tolalaridan foydalangan, chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi mato tayyorlash uchun uy hayvonlarining juni va madaniy oʻsimliklarning tolalaridan foydalanish imkonini berdi. Barcha Kiyim turlari 2 boshlangʻich koʻrinishdan — yelkaga tashlab qoʻyiladigan teri, oʻt, barg va parlardan toʻqilgan yopqich va bel(boksa) bogʻlamlari (belbogʻ) dan rivojlanib shakllangan. Keyinchalik yopqichlar yopinchiq(plashch), koʻylak, kaftan kabi, bel bogʻlamlari ishton, yubka, fartuk kabi turli xil shakllarga ega boʻldi; shippak yoki oyoqni oʻrab turgan bir parcha hayvon terisi eng sodda qad. poyabzal turi boʻlgan, shuningdek, poyabzal uchun daraxt poʻstlogʻi va daraxtdan ham foydalanilgan.

Estetik xususiyatlarga ega dastlabki Kiyim Qadimgi Misr Kiyimlaridir. Qadimgi Misrda erkaklar (bellariga mato yoki teri bogʻlagan) va ayollar (bogʻichli toʻgʻri koʻylak) K.larida burma (drapirovka)lar qoʻllanilgan; keyinroq nozik mato i.ch.ga erishilgach, plissirovka keng tarqalgan. Turli rangdagi nozik matodan tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan K.ni, odatda, hukmron tabaqa vakillari kiygan, qullar dagʻal mato yoki teridan tayyorlangan Kiyim kiygan. Qad. ossuriyaliklarda uzun koʻylak va hoshiya bezakli yopinchiq rasm boʻlgan. Yunonlar xiton (yengeiz koʻylak), tunika (kalta yengli koʻylak), gimatiy (yopinchiq) kiyishgan, bu Kiyimlar inson qiyofasiga ulugʻvor soddalik baxsh etgan, inson tanasining egiluvchanligini kursatgan (ular, asosan, oq jun va kanop matolardan tayyorlangan), toʻgʻnogʻich, belbogʻ va b. bilan boyitilgan. Oyoq Kiyim vazifasini boldirni oʻrab turadigan tasmali shippaklar bajargan. Qad. Rim Kiyimi ham yunonlarniki kabi burmali boʻlgan. Erkaklarning asosiy ustki Kiyimi togʻa (yarim aylana yoki oval shaklidagi mato boʻlagi) boʻlgan. Erkak va ayollarning ichki Kiyimi vazifasini tunika bajargan, ayollar uning ustidan stola(xiton koʻrinishidagi keng uzun Kiyim) va palla (gimatiyga oʻxshash) kiyishgan.

Vizantiyada diniy tarkidunyochilik taʼsirida Kiyim qatʼiy, qomatni yashirib turadigan shaklga ega boʻlib, mato (parcha, shoyi) qalin, ogʻir, yirik gulli boʻlgan.

14—15-asrlarda Gʻarbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud boʻlgan andazalarning barcha turlarini yaratilishini taʼminladi, matolarning nafisligi, iplarining joylashishi bichishni mukam-mallashtirdi. Bu yutuqlar Kiyimni aniq loyihalash va qomatga mos nafis Kiyimning paydo boʻlishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Xalqlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi natijasida Kiyim bichimlari bir mamlakatdan ikkinchisiga tarqalgan. Mac, 11 — 14-asrlarda Gʻarbiy Yevropaga fransuz, 14— 16-asrlarda Flandriya va Burgundiya, 16-asr 2-yarmidan ispan, 17-asr 2-yarmidan yana fransuz modalari tarqalgan. Rus zodagonlari Sharqda tayyorlangan zarboft, kimxob toʻnlar, zardoʻzi telpak va b. buyumlarni juda qadrlashgan (mas, Monomax telpagi). 14-asrda Kiyim taraqqiyotiga maʼlum darajada meʼmorlik va tasviriy sanʼatdagi uslublar taʼsir etgan. Mac, 10— 12-asrlarda Gʻarbiy Yevropada Kiyim bichimida roman uslubi aks etgan, yaʼni uzun koʻylak va yelkaga tashlab yuriladigan yopinchiq urf boʻlgan; 12—15-asrlarda gotika uslubida tikilgan kalta va tor Kiyim kiyishgan. Uygʻonish davri (15—16-asrlar) da kalta, lekin keng bichimdagi Kiyim rasm boʻlgan, 16— 18-asrlarda barokko, 18-asrda rokoko uslubidagi, yaʼni murakkab bichimli Kiyimlar kiyila boshlangan. Kiyim toʻr, burma, bantiklar bilan bezatilgan. 18-asr fransuz inqilobi davrida yuzaga kelgan erkaklar libosi Yevropa erkaklar Kiyimini shakllanishida muhim rol oʻynadi. 19-asrda yagona Yevropa Kiyimi shakllanishi yakunlandi, 19-asr 2-yarmidan Kiyimlarni ommaviy i.ch. natijasida quyi qatlamlar orasida ham yangi modali Kiyimlar keng tarqaldi. Angliya erkak Kiyimi yaratishda yetakchi boʻlib qoldi.

20-asrda texnika taraqqiyoti va oʻnga bogʻliq holda oʻzgargan hayot tarzi, tikuvchilik sanoatining oʻsishi Kiyim tarixida yangi davrni ochib berdi, avtomobil va mototsiklda yurishning keng tarqalishi tufayli erkaklar Kiyimida oʻzgarishlar roʻy berdi: kalta shim, kurtka, rangli koʻylak, bosh Kiyim — keplar paydo boʻldi. 20-yillardan erkaklar yagona bichimdagi Kiyim kiya boshladi. 50-yil lardan erkin harakatga qulay boʻlgan Kiyim yuzaga keldi, ancha yengil va shaklan nafis Kiyim yaratildi, yenglari yaxlit bichimli koʻylaklar, pochasi tor shimlar paydo boʻldi, sport Kiyimlari keng tarqaldi.

Ayollar Kiyimida 20-asr 10-yillar Kiyim shaklidagi bejamdorlik, chiziklar va bezakdagi asimmetriya yoʻqoldi, koʻylaklarda elastik matolarning erkin bur-malari bilan hosil qilinadigan chiziqlarning oquvchanligi paydo boʻldi.Zamonaviy kiyim murakkab tizim bo‘lib unga xos loyihalashning shakllanish qonuniyatlarini tushunmoq uchun, kiyimning uzoq o‘tmishdagi ko‘rinishi haqida ma’lumotga ega boMish kerak.

Kiyim hozirgi mukammal ko‘rinishiga murakkab bosqichlar orqali yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya topmoq vositasi sifatida paydo boMgan. Kiyimning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy davr odamlarining qabila bo‘lib yashagan vaqtiga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda insonlar daraxt barglari, poxollar, hay von terilarini tanaga beldan bogMab yurishgan. Kiyim insonning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli u ham rivojlanib bordi. Kiyimning keyingi ko‘rinishi turli o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan to‘qilgan oddiy gazlamalami tanaga o‘rab yurishdan iborat edi.

Ayniqsa, ignaning kelib chiqishi kiyim qismlarini biriktirib tikishda uning takomillashishiga olib kelgan. XIII asrga kelib kiyimda yoqalar, yeng, manjetlar, cho'ntaklar, taqilmalar shakllangan. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko‘rinishida, gazlamasida, bichilishida o‘zgarishlar tez rivojlangan. Kiyimning gavdaga yopishgan, etaklari hajmli, qavatli ко‘mush lari, gazlamalaming atlas, barxat, movut kabi turlari paydo bo‘lgan.

Yevropa mamlakatlarida feodalizm mustahkam qaror topgan o‘rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum harakteri tarkib topgan. Odamzot gavdasining go‘zalligidan zavqlanish nomunosib va gunoh ish hisoblanib, gavdani qo‘po- ldan-qo‘pol, og‘ir, keyinchalik esa cho‘ziq shakllarga o‘rab tashlangan. Tor, yuqori qismi qator-qator murakkab taxlamalardan iborat, orqa etagijuda uzun, ko‘ylakjudabaland konussimon bosh- kiyim va nihoyatda cho‘ziq poyafzal bilan birga qo‘shilgan holda qaddi qomat ko‘rinishini o‘zgartirib yuborar edi.

0‘rta asrlarda kostyum gavdani turli vositalar (shnurlar, korsetlar) yordamida qattiq qisib, tabiiy shakldan uzoqlashtiradigan ,,g‘ilof‘ sistemasi rivoj topishini boshlab berdi.Uyg‘onish davrida (XVI-XVII asrlar) estetik dunyoqarashni qayta baholash yuz berdi, ya’ni gumanistik ideologiyalar shakllandi. Bu davrda ayollar kiyimi juda noqulay — qattiq, harakatga halaqit beradigan holatda bo‘lgan. Ikki qavatli kiyim bir vaqtda kiyilib, beldan etak qismiga karkas yordamida konussimon shakl ko‘rinishida bo‘lgan. Yubka qismida hech qanday burmalar bo‘lmay, karkasga tortib qo‘yilgan. Ko‘ylakning yuqori lif qismi juda tor bo‘lib, pastga tomon burchak shaklida tugallangan edi. Bu davrda ayollar belni xipcha qilib ko‘rsatish maqsadida korsetlar kiyishgan. Erkaklar kiyimi esa sipo va sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Kashtali ko‘ylak, keng kamzul, triko va kalta shar shakliga o‘xshab ketuvchi pantalonlar kiyilgan (.

XVIII asr (Barokko davri) larga kelib kiyimda xashamatdorlik juda avj oldi. Bu davr ayollar kiyimi shakllarining nazokatliligi, murakkabligi bilan va g‘aroyib jimjimadorligi bilan farq qilgan. Kostyumda gavdaning be! qismi, ко ‘krak, bo ‘ksa ko‘zga tashlanib tutgan. Kostyum yengil, nozik bo‘lib, boshdan-oyoq unga gul tikilgan, tyuldan, gazsimon materialdan, to‘qima to‘rdan, ,,ko‘pchitib“ qo‘ygandek bezatilgan.

Ust-bosh va oyoq kiyimlar” faoliyat ishlanmasi.


Yüklə 457,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin