Ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi.
Bilim darajasi
Iqtisodiyotni bilishi;
Texnika va texnologiyani bilishi;
Boshqarish ilmini, funksiyalari va tuzilishini bilish;
Istiqbolni bilimga qodirligi va hokazo.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo'lishi, uni doimo to'ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro' qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo'la olmaydi.
Tashkilotchilik qobiliyati
Xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta'minlay olishligi;
Qo'l ostidagilarni mehnatga o'rgatish va tarbiyalashni bilish;
Jipslashgan jamoani vujudga keltira olish;
Maqsad sari intiluvchanlik;
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo'qot- maslik.
Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish.
Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati;
Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
Ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyishlar yoza bilish;
Turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
Rahbarlarni va qo'l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta'minlash qobiliyati;
Boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish;
Boshqarish tuzilishini takomillashtirib berish qobiliyati va hokazo.