Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish 2


Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi usullari va ish



Yüklə 75,54 Kb.
səhifə7/9
tarix02.06.2023
ölçüsü75,54 Kb.
#123567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTINING YILLIK ISH REJASININING TUZISHILI, MAQSAD VA VAZIFALARI

2.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi usullari va ish
shakllari
Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi va tuziladigan
shartnoma ish rejasi muhim jarayon hisoblanadi. Yilning avgust oyida
maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o’zi hamkorlik qilayotgan maktab
direktori bilan hamkorlik ish rejasini tasdiqlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning hamkorlik ish rejasida
quyidagilar bo’ladi.
Avvalo avgust oyi boshida maktabgacha ta’lim muassasining psixologi,
tayyorlov guruhi tarbiyachisi va boshlang’ich sinf o’qituvchilarini maktabgacha
ta’lim muassasasi tayyorlov guruhi bolalari bilan olib boriladiganish rejasini
tuzadilar va uni tasdiqlaydilar.
Bunda albatta tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta’limi haqida ma’lumotlar
beriladi va ularda maktab haqida tasavvur va ko’nikmalar paydo qilish ishlari olib
boriladi.
Yilning sentabr oylarida mustaqilligimiz yubileylari, bilimlar kuni tadbirlarida
bolalarning chiqishlari bilan ishtirok etish va bu tadbirlarga hamkorlik qilinayotgan
maktab direktori, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ham taklif etish va ularning
ishtirokini ta’minlash rejalashtiriladi.
Yil davomida o’tkaziladigan tadbirlardan yana biri bu – “1-oktabr o’qituvchi
va murabbiylar kuni” ga bag’ishlab o’tkaziladigan bayram ertaligidir. Bu
bayramda ham albatta maktab o’qituvchilari taklif etiladi. Bu tadbir orqali
o’qituvchi va murabbiylarimizga bag’ishlangan she’rlarni yod olishadi. Bu
she’rlarni yod olish orqali bevosita maktabda ularga endi tarbiyachi emas
o’qituvchi ustozlarimiz ta’lim berishlarini va ularni hurmat qilish, qanchalik
e’zozlash kerakligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarda tayyorlov guruhilarida tayyorlanayotgan
bolalar maktab ta’limiga o’tkazilishdan oldin albatta maktabgacha ta’lim
muassasasi psixologi tekshiruvidan o’tkaziladi. Tayyorlov guruhidagi har bir bola
uchun alohida daftarcha bo’lishi va unda bolaning tekshiruvdan o’tgan natijalari va
maktab ta’limiga qay darjada tayyor ekanligi qayd qilib boriladi. Bunday tekshiruv
natijalari albatta maktabgacha ta’lim muassasasi psixologi va boshlang’ich sinf
o’qituvchisi, maktab psixologi bilan o’zaro tahlil qilib chiqiladi. Albatta bu ishlar
yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Tayyorlov guruhidagi bolalar maktab ta’limiga o’tgach, u yerdagi sharoitga
ko’nikish jarayonlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish maktabgacha ta’lim
muassasasi va maktab psixologlari tomonidan amalgam oshiriladi. Albatta, bu
jarayon bolalarni maktab ta’limiga sharoitlariga ko’nikishida alohida o’rinni
egallaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov guruhi bolalari bilan olib
boriladigan ish rejasini tuzish va tasdiqlash
Avgust Metodist, Tarbiyachi, Boshlang’ich sinf o’qituvchilari

Yüklə 75,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin