Maktabgacha ta’lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi: Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar
bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport
va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta’lim muassasalari.
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni
kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.
Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbir va protseduralarini
amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish
bog’chasi.
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar
bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar
umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
Maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish
davomiyligi davlatning maktabgacha ta’lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari,
nizom, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma,
hamda ta’sischilar tomonidan belgilandi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim
muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli
ta’limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-
tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
1.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari Farzandini maktabga yuborayotgan har bir ota-ona farzandim o’quv jarayoniga
tayyor deb hisoblaydi. Chunki, har bir kishi o’z farzandini qobilyatli va
takrorlanmas deb o’ylaydi. Ammo su o’rinda savol tug’iladi. Bola har jihatdan
maktabga tayyormi? U yangi sharoitga ko’nika oladimi?
Maktabga tayyorgarlik va maktab hayotiga moslashtirishning muvaffaqiyatli
kechishi bu ishni oldinroq boshlab, uni asta sekin bolaning manfaati bilan
uyg’unlashtirgan holda sabr bilan amalga oshirishni talab etadi.
Bolaning 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan muddat maktabgacha yosh
davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda bola o’zi uchun yangi dunyoni kashf etadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U
bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga
bo’lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha
bo’lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim
muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi –
bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil
shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta’limga
bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasiga
bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasi
binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim
muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga
bo’lgan talablar “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va
sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga
solinadi.
Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim
muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta’lim umumta’lim
dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7
yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va
sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsad va vazifalari
Maktabgacha ta’lim, olinish shakli va usullaridan qat’iy nazar, quyidagi
maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy va umuminsoniy etik va madaniy qadriyatlar bilan
tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;
Maktabgacha ta’lim muassasasi bolani har tomonlama rivojlantirish yo’lidagi
muhim ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu boisdan bolalarni albatta maktabgacha
ta’lim muassasasida tarbiya olishga topshirish ularning rivojlanishi va bevosita
maktab ta’limiga tayyorlashning muhim jihati hisoblanadi. Bunda albatta, ijodiy
imkoniyatlarga ega bo’lgan bola yangi o’quv materialini mustaqil tushunib
yetishga, izlanish faoliyatiga, pedagoglar va tengdoshlari bilan o’zaro
munosabatlarini o’rnatishga tayyor bo’ladi. U bilishga qiziquvchan, faol,
tashabbuskor bo’ladi.
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish,
uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari
samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat
maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
2. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi ‘rezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o`z ustaviga
amal qiladi.
3. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish
muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini
rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.