2 Mustaqilligimizning yubileyi, bilimlar kuni tadbirlarida bolalarning chiqishlari bilan ishtirok etish.
Sentabr
Psixolog, Maktab direktori
3 Maktab va MTM pedagoglarining hamkorligini mustahkamlash
maqsadida pedagogik kengashlar, ota-onalar majlislarida o’zaro
ishtiroklarini taminlash
Yil davomida
Psixolog
Maktab direktori
4 Maktabga chiqarilgan bolalarni maktab sharoitida ko’nikish
Yil davomida MTM psixologi, Maktab psixologi jarayonlarini muntazam
nazorat qilib boorish.
5 “1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab o’tkaziladigan
bayram ertaligiga maktab o’qituvchilarini taklif etish
Oktabr Metodist, Tarbiyachi, Boshlang’ich sinf o’qituvchilari.
XULOSA. Xulosa o’rnida yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytib o’tish
joizki ta’lim tizimi va unda kechayotgan jarayonlar sog’lomlashtirish, shaxsni
rivojlantirish eng asosiysi tarbiyaga berilayotgan e’tibor barchamizni qiziqtirishi va
nazarimizdan chetda qolmasligi darkor. Chunki, bu ishlarning barchasi bevosita
sog’lom avlodni shakllantirishga qaratilgan.
Darhaqiqat, yosh avlod unib o’sayotgan kan ularga albatta biz o’z
e’tiborimizni qaratmog’imiz ularning ta’lim-tarbiya ishlariga alohida
yondashmog’imiz shart va bu bizning yosh avlod va xalqimiz oldidagi
burchimizdir. Bolalarimizni davlatimiz kelajagini o’ylovchi, o’z vatani uchun jon
kuyduruvchi vatanparvarlik ruhida tarbiyalishimiz kerak.
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish va bu
jarayonga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani tahsinga sazovordir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning o’zaro hamkorligi asosida bolalrga
ta’lim berish o’z samarasini ko’rsatadi albatta. Chunki, maktabgacha ta’lim
muassasasidagi tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta’limiga o’tishdan oldin
ko’nikmalar, u yerdagi sharoitga bolani asta-sekin tayyorlab borish va maktab
haqidagi ijobiy fikrlarni bola tasavvurida shakllantirish bevosita maktabgacha
ta’lim muassasasi pedagoglari zimmasiga yuklatilgan. Bunda maktabgacha ta’lim
muassasasi pedagoglari albatta maktab bilan hamkorlikda ish olib boradilar.
Albatta, maktab bilan hamkorlikda yuqorida aytib o’tilganidek tadbirlar,
kechalar, bolalrning bayramlardagi chiqishlari bilan qatnashish va bu jarayonda
birgalikda ishtirok etish jarayonlari, ota-onalar majlislarida o’zaro ishtirok etish,
pedagoglar o’rtasidagi fikr almashinuvi va suhbat jarayonlarini tashkillashtirish
ishning samaradorligini oshiradi va bolalar ta’lim-tarbiyasiga ham bevosita ta’sir
ko’rsata olishga yordam beradi.
Avvalo, maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogning malakali va tajribali bo’lishini ta’minlash darkor. Chunki, bolaning fikrlashi, tasavvuriga tarbiyachi bevosita ta’sir ko’rsata olishi kerak. Shundagina bola ongida ezgu fikrlar, bilimga bo’lgan qiziqish, iqtidorini namoyish qila olishi va o’z qiziqishlarini qo’rqmasdan bildira olishi mumkin.
Shu o’rinda ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim tizimi haqida to’xtalsak.
Maktabgacha ta’lim muassasasi hammamizga ma’lumki ta’lim tizimining
boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. Bu yerda ta’limdan tashqari bevosita tarbiya
jarayoni ham olib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya
jarayoni qanchalik sifatli va yuqori darajali bo’lsa yoshlarimiz ta’limning keyingi
bosqichlarida ham qiynalmasdan bilimlarni o’zlashtiradilar. Shunday ekan ta’lim
jarayoniga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tiborni e’zozlashimiz va unadan
to’g’ri samarali foydalanishimiz lozim. Buning asosida albatta yosh avlodni
barkamol shaxs sifatida shakllantirishimiz va vatanimizga kerakli inson qilib
ulg’aytirmog’imiz lozim. Muhtaram yurtboshimiz tabiri bilan aytganda
“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, aqlli va albatta baxtli bo’lishlari shart” Yurtboshimiz tomonidan o’tgan 2014-yilni “Sog’lom bola yili” deb
e’lon qilinganligi buning yaqqol dalili desak hecham mubolag’a bo’lmaydi. Yil
davomida respublikamiz viloyat, shahar va tumanlardagi ta’lim muassasalariga
e’tibor kuchaytirildi va muassasalardagi sharoitlar, ta’lim jarayoni ko’zga
ko’rinarli darajada o’zgartirildi. Bu ham albatta, yosh avlod rivojlanishiga
qaratilgan yana bir e’tibordir. Bunday zamonaviy shart-sharoitlardan to’g’ri
foydalanish biz yoshlarning burchimizdir.