Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish 2



Yüklə 75,54 Kb.
səhifə3/9
tarix02.06.2023
ölçüsü75,54 Kb.
#123567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTINING YILLIK ISH REJASININING TUZISHILI, MAQSAD VA VAZIFALARI

Kurs ishining maqsadi. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligini o’rganish.
Kurs ishining obyekti. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi va ish shakli.
Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorlik jarayoni.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasai bolalarni maktabga tayyorlashda
asosiy muassasa
1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish
Avvalam bor maktabgacha ta’lim haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, “Maktabgacha ta’lim” - Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog‘lom, yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat‘iy nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad, bolaning bilimga qiziqishini ta‘minlashdan, ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashdan, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini, ilmga muhabbat qo‘yishni o‘stirishdan, salomatligini mustaxkamlashdan iboratdir. Maktabgacha ta‘lim muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari kengashi ko‘rsatmasiga binoan ularga bo’ysungan korxonalar muassasalar, xalq deputatlari tomonidan xalq xo‘jaligi rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy tarbiya qiladigan Davlat korxonasi ekanligi. Maktabgacha ta‘lim mussasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «Maktabgacha ta‘lim muassasasi to‘g‘risida»gi Nizomga amal qiladi. Maktabgacha ta‘lim mussasasi oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish uchun mudira tayinlanadi. Mudira – maktabgacha ta‘lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to‘laqonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta‘lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o‘z ishida davlatimiz va Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, printsiplilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu mudiraga qo‘yiladigan asosiy talablardir.
Tа`lim to`g`risidаgi qоnunning 4-bo`limi «Tа`lim tizimi bоsh`аrish» bo`limidа uning 25-mоddаsidа shundаy dеyilаdi: Tа`lim sоxаsidа yagоnа dаvlаt sistеmаsini аmаlgа оshirish Dаvlаt bоshqаruv оrgаnlаrigа rаhbаrlik qilish tа`limni rivоjlаntiruvchi dаsturlаrni ishlаb chiqish vа аmаlgа оshirish xаr bir rаxbаrning bоsh vаzifаlаridаn biridir. Mаktаbgаchа tаrbiya to’g`risidаgi Nizоmdа hаm Mаktаbgаchа tаrbiya muаssаsаlаrini bоshqаrish vа kаdrlаr tаyyorlаsh ishlаrini аmаlgа оshirish, rаhbаrning huquq dоirаsi kаfоlаtlаri bеlgilаb bеrilgаn.
Hozirda bolalarni maktabgacha ta‘limga jalb etish 20% ni tashkil etmoqda. Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunning II moddasi maktabgacha ta‘limga bag‘ishlangan. «Maktabgacha ta‘lim» bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Maktabgacha ta‘lim mussasasi mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilan o‘z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga moyllik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir. Maktabgacha ta‘lim mussasasi ta‘lim-tarbiyaviy ishlar sifati bolalar va ota-onalar huquqiga jamiyat va Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun ma‘suldir va bog‘liq masalalarni birga hal qiladi.

Yüklə 75,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin