Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish
1.2.Multimedia texnologiyasining pedagogik-psixologik jihatlari va o’ziga xosxususiyatlari. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi pedagogika fanining muhim sohasi bo’lib, tarbiyaning yosh bilan boglik bo’lgan jihatlarini ochib beradi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi maxsus va yosh pedagogikasi bilan umumiy ilmiy-nazariy asoslarga ega. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi ma’lum bir darajada MTTning ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishga karatilgan bulib, olimlar, pedagoglar, tadk;ik;otchilarning ishlari natijasida shakllandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilish nazariyasiga asoslanadi, jumladan, uning "jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga" degan qonunini MTTning kompyuterli ta’lim jarayoniga ham qo’llash mumkin. Jonli mushohada MTT tarbiyalanuvchilariga namoyish qilinadigan vositalarga didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar kabilarni kiritish mumkin. Ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalarga turlicha psixologik ta’sir ko’rsatadi. Masalan, qog’ozda yozilgan yoki kartondan kesib tayyorlangan "A" harfi tarbiyalanuvchilarga ko’rsatilsa (statik holat), ularga ma’lum bir psixologik ta’sir etadi, monitor ekranida animasiyadan foydalanilgan, multimedia texnologiyasi asosida "A" harfi ko’rsatilsa (dinamik holat), tarbiyalanuvchilarga sodda ko’rinishda psixologik ta’sir etadi. Shuningdek, bolalarga qog’ozda chizilgan archa rasmi ko’rsatilsa (statik holat), ularga oddiy psixologik ta’sir etadi, agar monitor ekranida animasiya bilan berilgan (harakatlangan va jilolanib turgan) multimediali rasm ko’rsatilsa, ularga kengrok ko’rinishda psixologik ta’sir (samarali) etadi.
Tarbiyalanuvchi monitor ekranida ko’rgan (kuzatgan) obyektlari to’g’risida ma’lum bir fikr yurita boshlaydi. Yosh bolalarning elementar matematik tushunchalar bo’yicha fikrlashini shakllantirish masalalari ko’pgina metodik adabiyotlarda, qo’llanmalarda tahlil etilgan. Masalan, M.Jumayev va L.S.Vыgotskiylar fikrlashning rivojlanish muammosini o’rganib, dastlab matematik tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradilar. Bunda, ular bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qo’lay sharoitlarni topish lozimligini ta’kidlaydilar. L.S.Vыgotskiy fikricha, bola tasavvurining rivojlanishi bilimlarni o’zlashtirish jarayonisiz o’tmaydi, faqat o’quv axborotlar to’plami (bilish, bilim) bolalarning fikrlashini harakatlantiradi va rivojlantiradi.
MTTlarida yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, "jonli kuzatish" bolalarning fikrlashini rivojlanishiga olib keladi. Masalan, multimediali slaydlarda predmetlar turli (biri oq, biri qizil, biri yashil) ranglarda beriladi. Yosh bolalar monitor ekranida ularni ko’rishi bilanoq - ranglar to’g’risida fikr yurita boshlaydilar.
Bola bilish nazariyasining "abstrakt tafakkur" bosqichida monitor ekranida ko’rgan materiallariga e’tibor qaratadi, mulohaza yurita boshlaydi va fikrlaydi. "Jonli kuzatish", "abstrakt tafakkur"dan keyingi bosqich "amaliyotga tatbiq etish"dan iborat. Kompyuterli ta’limni amaliyotga tatbiq etish, MTT tarbiyalanuvchilari tomonidan o’rganiladigan materiallarni kompyuterda bajartirilishi hamda texnika va ishlab chiqarishda tatbig’i asosida amalga oshiriladi.
Multimediali kompyuter texnologiyasi MTTlari ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilayotganligiga ko’p vaqt bo’lmaganligi sababli, hozirgi kunda uning pedagogik-psixologik jihatlari, tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.