XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagogik fikrlarini xam bayon etadi.

Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.