Bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bolalar oilada tarbiyalanadi va unda yuz beradigan voqyealar ularga juda katta ta'sir ko‘rsatadi.
Kichkina bolalar oilaga juda bog‘lanib qolgan bo‘ladi, chunki oila:
Ularning jismoniy jihatdan barkamol bo‘lishini, ovqat, kiyim-kechak, uy-joy bilan ta'minlaydi, sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qiladi;
Ularning hissiy bardamligini, jumladan, mehr ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi, nimaning yaxshiligi, nimaning yomonligini doimo eslatib turadi
Ularning rivojlanishi shart-sharoitlarini ta'minlaydi.
Ijtimoiy-psixologik muhofaza
Ijtimoiy-psixologik muhofaza, bola yutuqlarining muvaffaqiyati unga kim va qanday ta'sir etayotganiga bog‘liq. Vaqtining katta qismini bola MTT va uyda o‘tkazadi, shuning uchun pedagoglar va ota-onalarning ta'siri bir-biriga zid bo‘lmasligi, aksincha, bola tomonidan ijobiy va faol qabul qilinishi kerak. Bunga pedagoglar va ota-onalar hamkor va hamfikr bo‘lib, tarbiyaviy muammolarni bahamjihatlik bilan hal etish orqaligina erishish mumkin.