Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 802-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida,
BUYURAMAN:
Quyidagilar:
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritilishi boʻyicha qoʻllanma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, tasdiqlanayotgan pedagoglarining ish hujjatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab yuritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar hamda viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:
oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur roʻyxat va qoʻllanmani barcha maktabgacha taʼlim
tashkilotlariga yetkazish;
barcha tashkilotlarda pedagoglarning ish hujjatlari mazkur roʻyxat va qoʻllanma asosida qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin.