MTT direktori almashganda tuzilgan topshirish — qabul qilish dalolatnomalari va ularga oid ilova hujjatlar.
Taftish komissiyalari, auditorlar, davlat moliyaviy nazorat idoralari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv xulosalari yoki dalolatnomalari saqlanadi.
MTTa tashrif buyuruvchilarni qabul qilish boʻyicha qaydnomalar kitobi yuritiladi. Kitob raqamlangan, tikilgan va tuman Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻladi.
01-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi hujjatlari Pedagogik kengashlar oʻquv yili davomida 4-marta (avgust, noyabr, fevral, may oylarida) oʻtkazilishi rejalashtiriladi.
Har bir kengashda MTTning asosiy vazifalari asosida mavzular rejalashtiriladi.
Kengash kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan, pedagog kadrlar salohiyati va taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash kun tartibiga boshqa masalalar, turli masalalar, uyga vazifalar kiritilmaydi. Uyga vazifa - bu Pedagogik kengash qarorlari boʻlib, pedagoglar tomonidan ushbu qarorlar ijrosi taʼminlanadi va rahbariyat tomonidan nazoratga olinadi.
Masalan, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturini ijrosini bajarishga qaratilgan holda “Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻquv rejasini tasdiqlash”, “Pedagoglarning ish taqsimoti”, “Maktab, mahalla bilan hamkorlik ishlari”, “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda “Axborot kommunikatsiya vositalardan foydalangan holda taʼlim samaradorligini oshirish”, “Innovatsion gʻoyalar va ularni tadbiq etish yoʻllarini belgilash”, “Pedagogik jarayon (frontal, mavzuli, qiyosiy)lar nazorati yakunlari” hamda tashkilotning Kuzatuv kengashlari faoliyatiga bogʻliq masalalar kiritilishi maqsadga muvofiq.
Namuna