Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Kadastr hujjati. Moddiy-texnik bazasi aks ettirilgan tashkilot pasporti



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə6/50
tarix27.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#149524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

Kadastr hujjati. Moddiy-texnik bazasi aks ettirilgan tashkilot pasporti:

MTTning qonuniy asosda joylashuvi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan kadastr hujjati, moddiy-texnik bazasining holatini aks ettiruvchi tashkilot pasporti saqlanadi. Mazkur pasport maktabgacha taʼlim sohasiga tegishli boʻlgan vakolatli tashkilotlar tomonidan sanasi va muhri aniq koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi. MTTning pasportida tashkilot haqida umumiy maʼlumot, yer maydoni, bino va inshootlari, asbob-uskunalar, qattiq va yumshoq jihozlar, oʻyinoʻyinchoqlar, sport inventarlari va musiqa asbob-uskunalari hamda ularning foydalanishga yaroqlilik holatlari kabi maʼlumotlar kiritiladi.

  1. Attestatsiya-akkreditatsiya natijalariga doir hujjatlar (maʼlumotnoma, dalolatnomalar, sertifikatlari).

Attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi natijalari boʻyicha maʼlumotnoma va dalolatnomalar, sertifikatlar saqlanadi.
01-05. Moliyaviy hujjatlari

  1. Yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflar hamda tasdiqlangan smeta nusxasi (yillik, chorak)

Ushbu indeksda MTTning yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holdagi oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasining yillik, chorak nusxalari saqlanadi.

  1. Shtatlar jadvali, xodimlarning tarifikatsiyasi va ularning ish vaqti hisobini yuritish tabeli;

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan MTTning shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʻyxatlari hamda unga kiritilgan toʻldirish va oʻzgartirishlar saqlanadi.
MTT xodimlarining ish vaqti hisobini yuritish tabeli tashkilot direktori tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Oyning oxirida tabel boʻyicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. Toʻldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqini hisoblash uchun markazlashgan buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu ish vaqtini hisobga olish elektron tarzda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin