Pedagogik- kouching hamkorligi rejasi asosida ishlash Kouching taʼlimning maʼnosini tushunishga yordam beradigan, pedagogni yangi bosqichga koʻtaradigan, motivatsiyasini va hujjatlar uchun javobgarlikni oshiradigan zamonaviy pedagoglar hamkorligini taʼminlaydi. Ushbu hamkorlik maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglar uchun boʻlib, uning ish faoliyatida tashkilot taʼlim-tarbiya jarayonlaridagi boʻshliqlarni toʻldirish, tajribasiz, yosh va oʻz ustida ishlashga qiynalayotgan pedagoglarga metodik yordam berish, motivatsiya orqali ularni jamoada oʻz oʻrnini topishga yordam berish maqsadi koʻzlanadi.
1. Tarbiyalanuvchilarni MTTga qabul qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish va tashkilot roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi (elektron) buyruqlar yigʻma jildi. namunaTarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish daftari
02-01. MTT direktori tomonidan tarbiyalanuvchilarning guruhdan guruhga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, mazkur buyruqqa asosan bolalar guruhlarning davomat daftariga qayd etiladi. Daftar raqamlangan, tikilgan va MTT direktori tomonidan tasdiqlangan boʻladi. Umumiy tipdagi davlat MTTda bolalarni qabul qilish, tashkilotdan chiqarish ishlari “Bolalar bogʻchasi” elektron tizimi orqali, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinda – KTIDMTT) va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinda — QTDMTT)ga qabul qilish esa Tibbiy-pedagogik-psixologik komissiyasining (keyingi oʻrinda — TPPK) xulosasi asosida amalga oshiriladi.
MTT direktori tomonidan YAIDXP orqali berilgan yoʻllanma yoki oʻrnatilgan tartibda berilgan TPPK xulosasi asosida kelgan bolalarni MTT qabul qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarishga oid buyruqlar elektron nusxalari saqlanadi.
Oʻquv yili davomida MTT guruhlarida bola oʻrinlari boʻshagan taqdirda, elektron navbatda turgan keyingi bolaga yoʻllanma chiqarilib, MTT direktori buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
Tarbiyalanuvchilarni MTTdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqqa uning otaonasi tomonidan berilgan ariza (arizada turli sabablar koʻrsatiladi) asos hisoblanadi. Bu toʻgʻrisida MTT direktori tomonidan “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga har kunlik maʼlumotlar kiritilib, yangilab boriladi.
02-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga DXM (Davlat xizmatlari markazi)dan berilgan yoʻllanmalar yoki KTIDMTT va QTDMTTga berilgan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosalari yigʻma jildi va qayd etish kitobi yuritiladi.