Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar — bolani MTTga qabul qilingan va shartnoma imzolangan kundan boshlab, oʻz kuchiga ega hisoblanadi. Tarbiyalanuvchi MTTdan chiqarilgandan soʻng, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
Shartnoma tarbiyalanuvchi MTTdan ketgunga qadar tuziladi va MTT direktorining imzosi, muhri hamda ota-ona (yoki ularningoʻrnini bosuvchi shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi. MTTga yilning sentyabr oyidan qabul qilingan bolalar roʻyxati 1 raqamidan boshlanadi. Shartnomaga oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv shaklida kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
DXM tomonidan berilgan yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar hamda otaonalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobi yuritiladi.
MTTga bolalar tuman DXM tomonidan berilgan yoʻllanma yoki TPPK xulosa asosida oʻrnatilgan tartibda (15 kun muddat ichida) MTT kelgan kundan boshlab qabul qilinadi hamda ularning ota-onalari oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilib, shartnomalarni roʻyxatga olish kitobiga rasmiylashtiriladi.
Yoʻllanma yoki TPPK xulosalar va shartnomalarni qayd etish kitobi tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
31-avgustda MTTdagi mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar va qabul boʻyicha tahliliy hisobot yoziladi. Unda MTTda oʻquv yili yakuniga kelib, mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar soni (MTTdagi roʻyxat boʻyicha jami bolalar soniga teng boʻlishi lozim), oʻtgan yili 2-sentyabrdan joriy yilning 31-avgustiga qadar qancha yoʻllanma yoki TPPK xulosalar qabul qilingan, necha nafar bola MTTdan ketgan, ulardan necha nafari maktab taʼlimiga yuborilganligi, KTIDMTT va QTMTTlar uchun qoʻshimcha necha nafari sogʻlomlashtirilganligi tahlil qilinadi.
Ushbu tahlil MTT direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Yoʻllanma yoki TPPK xulosalar va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobini yuritish tartibi