Mtt rivojlanishidagi uslubchining ahamiyati. Reja: mtt uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va mtt uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 26,74 Kb.
səhifə1/7
tarix16.05.2023
ölçüsü26,74 Kb.
#113833
  1   2   3   4   5   6   7
Mtt rivojlanishidagi uslubchining ahamiyati. Reja mtt uslubchis


4-MAVZU:MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBIY BOSHQARUVIDA USLUBCHI FAOLIYATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. MTT RIVOJLANISHIDAGI USLUBCHINING AHAMIYATI.


Reja:
1. MTT uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va MTT uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish
3. MTT metodisti va uni pedagogik jarayonlarni tashkil etishdagi o`rni


Tayanch tushunchalar:
Uslubchi — maktabgacha ta’lim tashkilotida uslubiy-metodik ishlarga rahbarlik qiluvchi xodim.
Metodik ish kompleksi - tarbiyachilarning bolalar bilan ishlash usul va uslublarining umumiy majmui.
Tahlil — ta’lim-tarbiya, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va muhokama qilish asosida tahlil etib borish.
Qiyosiy kuzatuv — nazoratning o’zga xos turi bo’lib, tarbiyachilar faoliyatini o’rganish, ish samaradorligini aniqash uslubi.


1.MTT uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va MTT uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti nizomida uslubchining huquq va vazifalari aniq belgilab berilgan. U ta’lim-tarbiya uslublarini mukammal egallagan, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng, yuksak ma’naviy fazilatlar sohibi, tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biladigan pedagoglar orasidan tayinlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- tashkilotdagi ta’lim-tarbiya ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
- «Ilk qadam» o’quv dasturining bajarilishini ta’minlaydi va nazorat etadi, ta’lim-tarbiya ishlarining to’g’ri tashkil etilishi uchun javob beradi;
- ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga mas’uldir;
- Pedagogik kengashda ko’rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
Tashkilotdagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo’llanmalar va o’yinchoqlarni tanlaydi;
-ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib etish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktablari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda uzviylikni ta’minlashga yo’naltirilgan ishlarni tashkil etadi.
Uslubchi hamkasblarining hurmatini qozonish va ularga o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun muayyan rahbarlik salohiyatiga ham ega bo’lishi lozim.
U nafaqat puxta nazariy tayyorgarlikka, balki bilim va tajribalarini amalda qo’llash ko’nikmasiga ham ega bo’lishi zarur.
Tajribali uslubchi tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashish g’oyalarini umumlashtira bilishi, aniq maqsadni ko’zlab faoliyat yuritishi, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini e’tiborga olishi bilan ajralib turadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatining samaradorligi, uning obro’-e’tibori ko’p jihatdan pedagoglar jamoasi, eng avvalo, tashkilot rahbariyatining jipsligi, uyushqoqligi va bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat yuritishiga bog’liqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishlarini talab darajasida amalga oshirish, tarbiyachilarda mehnat intizomiga qat’iy amal qilish ko’nikmasini, bir-birining kamchiliklariga tanqidiy munosabatni shakllantirish, mehnat va ijodiy faolligini oshirish orqali ish samaradorligini oshirish, qabul qilingan qarorlarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uslubchidan yuksak bilim va malaka, tarbiyachilar bilan ularning ruhiyatini inobatga olgan holda ishlash salohiyati, katta tajriba hamda ko’plab ma’naviy fazilatlar sohibi bo’lishni talab etadi. Shuning uchun ishini endi boshlayotgan har bir yosh mutaxassis yordam va maslahatga muhtojligini e’tiborga olib, uni yetarli bilim va tajribaga ega murabbiyga biriktirish maqsadga muvofiqdir.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi, jamoada obro’-e’tibor qozonishi oson kechmaydi. Shuning uchun ham uslubchining asosiy vazifalaridan biri – yosh mutaxassisning yetuk tarbiyachi-pedagoglarning ilg’or ish tajribasi va usullarini egallash, o’z ustida tinimsiz ishlab, bilim doirasini kengaytirib borish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish borasidagi intilishlarini har jihatdan qo’llab-quvvatlash, zarur hollarda amaliy yordam va maslahat berishdan iborat.

Yüklə 26,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin