Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko‘rsatuvchi vrach, katta hamshira, kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining raisi kiradi. Pedagogik kengash yig‘ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha tashkilotning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha ishlaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jamoaviy organ hisoblangan pedagogik Kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’lim Davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Lavozim vazifalari: -Maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi o‘quv – tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish; -barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish; -tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo‘naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko‘rsatish; -maktabgacha ta’lim muassasida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish; -ota-onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqotini ta’minlash va boshqalar Bilishi lozim: - ta’lim tizimiga tegishli qonunlar, hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; -maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi va boshqalar.