Mtt rivojlanishidagi uslubchining ahamiyati. Reja: mtt uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va mtt uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 26,74 Kb.
səhifə4/7
tarix16.05.2023
ölçüsü26,74 Kb.
#113833
1   2   3   4   5   6   7
Mtt rivojlanishidagi uslubchining ahamiyati. Reja mtt uslubchis

Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha tashkilotining ta’lim- tarbiyaviv faoliyatning samaradorligi, uning obro'si ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha tashkilot rahbar yadrosida birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga bog’liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash jamoada jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar vechimini ta’minlash kabi ijtimoiy-psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Uslubchi maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi.
«Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi, maktabgacha bolalar tashkilotidagi metodik xonaning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ’ibot qilish, turli yosh guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo'yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish jarayonini kuzatib boradi. Pedagogik kengash-jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy masalalarni jamoaviy ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar:
-bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo‘llarini izlash;
-tashkilot ish praktikasiga pedagogika fanining yutuqlari va ilg‘or pedagoglar tajribasini joriy qilish;
-tarbiyachilarning pedagoglik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash
-xalq ta’limi Vazirligi, Xalq ta’limi Davlat komitetining maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq, instruksiya, nizom va boshqa normativ hujjatlarini;
-maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasini; bolalar sog‘ligini mustahkamlash tadbirlarini;
-har bir yosh guruhlari bo‘yicha «Uchinchi ming yillikning bolasi» Davlat Dasturining sifatli bajarilishi jarayonini;
-ish praktikasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg‘or tajribalarini;
-maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning actual masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi tematikaning kengligini, aktualligini ta’minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo‘ladi.

Yüklə 26,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin