Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə12/50
tarix27.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#149524
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishlari oʻquv yili davomida 2-marta rejalashtiriladi.
Birinchi umumiy ishlab chiqarish yigʻilishda barcha xodimlarga yangi oʻquv yili ish rejasi, xodimlarning asosiy malaka tavsiflari hamda faoliyatga doir yoʻriqnomalari (“Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida NIZOM”, “Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi” yoʻriqnomalari, maktabgacha taʼlim tashkilotining “Jamoa shartnomasi” va “Ichki mehnat tartibi qoidalari”, “Yongʻin havfsizligi qoidalari”) bilan tanishtiriladi. Xodimlar “Yongʻin havfsizligi qoidalari”, xodimlarning yillik mexnat taʼtillari jadvali navbatdan tashkari utkaziladigan yanvar oyidagi umumiy ishlab chikarish yigilishida tanishtiriladi. Ikkinchi umumiy ishlab chiqarish yigʻilishi oʻquv yili yakunida oʻtkaziladi. Kun tartibiga oʻquv yili yakuni hisoboti, MTTda yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining belgilangan reja asosida olib borilishi, guruhlarning yozgi sogʻlomlashtirish mavsumi rejasini tasdiqlash, mavsumga doir tavsiyanomalar bilan tanishtiriladi.
Mavzu asosida kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan masalalar kiritiladi. Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishida koʻrilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinadi, qaror ijrosi boʻyicha masʼul va muddatlar belgilanadi.
Oʻrganilgan masalalarga oid hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi.
Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishi bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
MTTda pedagogik jarayonni nazorat qilish.
Ish rejaga frontal, mavzuli, qiyosiy nazorat turlari kiritiladi.
Nazorat turlari oʻquv yili davomida guruh sonidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
MTT guruhlarida oʻtkaziladigan nazorat turlari rejasi pedagog kengashlar yoki metodist burchagida pedagoglar uchun joylashtiriladi.
Nazorat ishlari — MTT direktorining buyrugʻi asosida nazorat oʻtkazish boʻyicha aniq muddati koʻrsatilgan holda tasdiqlangan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ishchi guruh tarkibiga metodist, hamshira, xoʻjalik mudiri, psixolog tarkibidan, kasbiy kompetentligi yuqori boʻlgan pedagoglar toq sonda kiritiladi.
Namuna


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin