Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


-boʻlim. Oʻquv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan Asosiy vazifalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/50
tarix27.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#149524
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

1-boʻlim. Oʻquv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan Asosiy vazifalar


Tashkilotning yillik ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurudagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi oʻquv yilidagi asosiy vazifalari”ni amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan mavzular, MTTdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan holda tanlanadi. Belgilangan asosiy vazifalar yillik ish reja bandlarida oʻz aksini topgan, toʻliq ijrosini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi kerak.

2-boʻlim. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish


Pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar jadval koʻrinishida beriladi. Bunda, MTTda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog hodimlarning malaka oshirish davriyligi belgilanadi hamda istiqbol rejasi asosida yil davomida malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Namuna
_________ tuman(shahar)idagi ___-son davlat (nodavlat) maktabgacha taʼlim tashkilotining 20___-20___ oʻquv

yilida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlari haqida maʼlumot


T/r

F.I.Sh

Tugʻilgan kun, oy, yil

Lavozimi

Maʼlumoti

Qachon, qaysi oʻquv yurtini
tamomlagan, diplom raqami

Diplom boʻyicha mutaxassisligi

Pedagogik
ish faoliyati

Oxirgi marta
malaka
oshirgan yili,
sertifikat raqami

Qayta tayyorlovdan
oʻtgan yili,
sertifikat raqami

Malaka oshirish rejasi







1













2













3













6

3-boʻlim. Hamkorlik ish rejasi


Hamkorlik ish rejasi — ota-onalar, maktab, mahalla va boshqa tashkilotlar (pedagogik kollej, OTMlar, xududiy malaka oshirish institutlari) bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni oʻz ichiga oladi. Mazkur hamkorlik rejasi MTT direktori, Kuzatuv kengashi raisi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, MFY raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Namuna











“KIRITDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
13-DMTT direktori
_____________
S.Ashirbayeva

“KELISHILDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
13-DMTT kuzatuv kengashi
_____________
A.Akmalova

“KELISHILDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
45-UOʻTM direktori
_____________
F.Roʻziyev

“KELISHILDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
“Hamza” MFY raisi
_____________
J.Uzoqov

____-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining __________________ -sonli maktab, _________ nomli mahalla fuqarolar yigʻini va ota-onalar bilan hamkorlik ish rejasi

T/r

Ish mazmuni

Oʻtkazish muddati

Masʼullar

Bajarilganligi haqida maʼlumot






Hamkorlik ish rejasiga turli mavzulardagi aksiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar: musiqa va sheʼriyat kechasi, bayramlar, ekskursiyalar, dam olish kunlarining taʼlimiy marshrutlari, uchrashuvlar, koʻrgazmalar, rasmiy sayt tashkil etish, loyiha ustida ishlash, yakka tartibda suhbat, maslahat, stendlar, eslatmalar, bukletlar ishlab chiqish kabilarnikiritish nazarda tutiladi.
MTT tarbiyalanuvchilarining umumiy ota-onalari bilan oʻtkaziladigan yigʻilishlari rejasi tuziladi.
Umumiy ota-onalar yigʻilishlari taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi ishtirokida oʻquv yili davomida ikki marta (sentyabr, may) oʻtkaziladi. Ehtiyojga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. Kun tartibiga uchtadan koʻp boʻlmagan asosiy dolzarb masalalar kiritiladi.
MTT hamda Kuzatuv kengashi hamkorlikda ishlab chiqilgan ish rejasi asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish, moliyaviyxoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik va xayriya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tashkilot direktorining hisobotlarini eshitilishi va tegishli vazifalarni belgilanishi kiritiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin