Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


-06. Yillik ish reja va uning bajarilishiga oid hujjatlar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/50
tarix27.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#149524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

01-06. Yillik ish reja va uning bajarilishiga oid hujjatlar
MTTning barcha yoʻnalishlar boʻyicha asosiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan yangi oʻquv yili uchun yillik ish rejasi (keyingi oʻrinlarda “Yillik ish reja” deb yuritiladi) tuziladi.
Yillik ish reja MTT pedagogik kengashi qaroriga asosan pedagogik kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlim boshligʻi tomonidan kelishiladi.
Yillik ish rejada bajariladigan ish mazmuni, davriyligi, masʼul va ijrochilari, tashkiliy va amalga oshirish shakllari aniq koʻrsatiladi.
Yillik ish reja asosiy oʻquv yili (2-sentyabr-31-may) hamda sogʻlomlashtirish davriga (1-iyun-31-avgust) moʻljallab tuziladi hamda MTTning muhim hujjati hisoblanadi.
Yillik ish reja “Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari”, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga va yuqori tashkilotlardan kelgan yillik asosiy vazifalarga muvofiqlashtirilgan holda shakllantiriladi hamda bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlashga qaratiladi.

KELISHILDI”
Tuman (shahar) MMTB
boshligʻi
__________________________
(imzo) (ismi va sharifi)

TASDIQLAYMAN”
20____yil “____” avgustdagi
1-sonli pedagogik kengash yigʻilishida tasdiqlandi.
Kengash raisi: ______________
(imzo)( F.I.Sh)

____________viloyat _________tuman (shahar)i
__ - sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining
20___- 20____ oʻquv yili uchun

YILLIK ISH REJASI


Maktabgacha taʼlim tashkiloti yillik ish rejasi tuzilmasi
Maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlari (tashkilot qurilgan va tashkil topgan yil (asos), yer maydoni, quvvati, loyiha quvvati boʻyicha rejalashtiriilgan guruhlar va ularning toʻldirilishi, ish tartibi, yuridik manzili va telefoni, tashkilot haqida asosiy texnik maʼlumotlar, moddiy-texnik bazasi tavsifi, pedagogxodimlar toʻgrisidagi maʼlumotlar va MTTning yutuqlari boʻyicha qisqa maʼlumot).

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin