Maktabgacha ta`lim



Yüklə 20,69 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü20,69 Kb.
#119947
  1   2   3
komp


Kategoriya: Maktabgacha ta`lim , Alimova Zulfiya Karimovna

Bugungi kunda maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishga kompentensiyaviy yondashuv, guruhlarni har bir yosh guruhiga mos adabiyotlar bilan boyitib borish, bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
MTTDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR
Alimova Z.K.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali
Toshkent, O‘zbekiston
Rezyume
Bugungi kunda maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishga kompentensiyaviy yondashuv, guruhlarni har bir yosh guruhiga mos adabiyotlar bilan boyitib borish, bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Аннотация
Сегодня грамотный подход к качеству и эффективности дошкольного образования, обогащение групп литературой, подходящей для каждой возрастной группы, содержательная и интересная организация повседневной деятельности детей, эффективное использование их свободного времени, выявление способностей и творческий подход к процессу, обеспечивает рациональный и систематический анализ сессий и ресурсов для удовлетворения потребностей детей и общества.
Abstract
Today, a competent approach to the quality and effectiveness of preschool education, enriching groups with literature suitable for each age group, meaningful and interesting organization of children's daily activities, effective use of their free time, identification of abilities and a creative approach to the process, provides a rational and systematic analysis of the sessions and resources to meet the needs of children and society.
Tayanch so‘zlar: bola, kompetensiya, tarbiyachi, pedagog, keys stadi, texnologiya, metod, ota-onalar, hamkorlik, maktab, mtt, ta'lim sifati, mashg‘ulot, markazlar.
Ключевые слова: ребенок, компетентность, педагог, педагог, тематическое исследование, технология, метод, родители, сотрудничество, школа, качество образования, обучение, центры.
Keywords: child, competence, educator, case study, technology, method, parents, collaboration, school, quality of education, training, centers.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida yaxlit rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga hos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli tushuncha bo’lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo‘lishi lozimligini talab etadi. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib o‘ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy rivojlantiruvchi o‘yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta’lim mazmunini oshiradi

Yüklə 20,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin