Yillik hisobot. (05-04 indeks ostida namunasi ko’rsatilgan) 11-05. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash daftari Ushbu daftarda tarbiyachi individual taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bolalar bilan rejalashtirilgan ishlarni (kuniga 5 nafar boladan koʻp boʻlmagan) va bu ish natijalarini yoritib boradi.
Yakka tartibdagi ishlar boʻsh vaqtlarda, sayrda, tushdan keyin amalga oshiriladi.
Намуна
Sana
Bolaning FISH
Maqsad/vazifa
Amalga oshirilgan ish
Natija
04.10.2023
Maxmudova
Dilafruz
Timurovna
Maqsad: qoshiqni ushlash. Vazifa: bolada oʻyinchoqlarni ushlash koʻnikmasini rivojlantirish
Oʻyin:
“Oʻyinchoqni ol” Oʻyin: “Toʻpni oʻynaymiz”
D.Maxmudova
qoshiqni qoʻli bilan olish koʻnikmasini hosil qiladi Toʻpni oʻng qoʻli bilan irgʻita oladi
.
12 – Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qushma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti defektologi
12-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar: Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. Moslashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi; 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturi.
02.Yillik va istiqbol ish rejasi. Yillik hisobot:
Yillik va istiqbol ish rejasi har bir guruhning yosh xususiyati va ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Namuna