Natijaviyligi (oʻzlashtirishga sarf etilgan muddat koʻrsatiladi)
09 — Umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti defektologi
09-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar: Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.
09-02. Defektologning ish rejasi (Ish jurnali):
Quyidagi boʻlimlar kiritiladi:
Istiqbol ish rejasi;
Guruhli mashgʻulotlar rejasi;
Yillik hisobot.
Namuna
1. Istiqbol ish rejasi
Oy
Hafta
Nutq oʻstirish mashgʻuloti
Toʻgʻri tovush talaffuzni shakllantirish va mustahkamlash
Defektologning korreksion pedagogik ishiga qamrab olingan bolalar nuqsonlari, yoshiga qarab mavzularning ijodiy tanlanishi va oʻzgartirilishi tavsiya etiladi. Defektologning istiqbol ish rejasi MTT direktori tomonidan tasdiqlanadi.
2. Guruhli mashgʻulotlar rejasi Guruhli mashgʻulotlar quyidagi shaklda qayd qilinadi:
Namuna
Sana
Mashgʻulot mavzusi va maqsadi
Mashgʻulotning borishi
Kerakli jihozlar
Vaqt
Izoh. Guruhli mashgʻulotlar 20-25 daqiqa olib boriladi. Xafta davomida nutq oʻstirish mashgʻuloti 1 (bir) marotaba, toʻgʻri tovush talaffuzini shakllantirish va mustahkamlash mashgʻuloti 1 (bir) marotaba oʻtkazilishi tavsiya etiladi. Logoritmika elementlarini guruhli mashgʻulotlarga ijodiy yondashgan holda olib borish — ish samaradorligini oshirishga asos boʻladi. 3. Yillik hisobot
Namuna
________________tuman_____-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining 20 ____ -20 _____ oʻquv yili yakunidagi defektolog mashgʻulotiga qatnaydigan bolalar harakati boʻyicha HISOBOT
Nutqida ayrim nuqsonlari toʻliq bartaraf etilmagan bolalar
Korreksion -pedagogik -psixologik ishga muhtoj boʻlgan, lekin defektolog mashgʻuloti bilan qamrab olinmagan bolalar
4.
Korreksion- pedagogik -psixologik ish yakuni:
Sogʻlomlashtirilgan bolalar
Korreksion-pedagogik ishlar davom etadigan bolalar
5.
Jami oʻrta taʼlim maktabiga kuzatilgan bolalar:
Sogʻlomlashtirilgan bolalar
Oʻrta taʼlim maktabida korreksion- pedagogik -psixologik ish davom ettirilishi lozim boʻlgan bolalar
Izoh: MTT defektologi oʻquv yilining soʻngida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Hisobotda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Guruhlarni umumlashtirish vaqti (bolaning guruhga kelgan vaqti).
Defektolog mashgʻulotlariga jalb qilingan bolalar soni.
Korreksion pedagogik jarayondan chiqarilgan bolalar soni va ular nutqiga qisqacha tavsif.
Bolalarning qanday taʼlim tashkilotlariga borishi haqida maʼlumot (umumiy oʻrta taʼlim maktabiga, ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga, maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlimni davom ettirish).
Guruhda korreksion ishni davom ettirishga qoldirilgan bolalar soni (sababi koʻrsatiladi).
Yil davomida turli sabablar bilan nutq guruhidan chiqarilgan bolalar soni.
Navbatda turgan bolalar soni.
Yillik ish rejaga kiritilgan tadbirlarning bajarilishi.
09-03. Defektologning bolalarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish, mashgʻulotga qatnovini qayd etish kitobi Defektologning bolalarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish kitobi
«____» _______ 20__ yil Defektolog _________ imzo _____
1.1. Navbatga qoʻyilgan bolalar roʻyxati
№
Bolaning ismi va sharifi
Tugʻilgan yili
Navbatga qoʻyilgan vaqti
Guruhi
Tashxis
Bolalarning mashgʻulotga qatnovini qayd etish kitobi
Namuna
T/r
Bolaning ismi va sharifi
Mashgʻulotga qatnas
h kuni, oyi va yili
Sana
Oʻtilgan mavzular nomi
Izoh: yuqoridagi shakllar bitta kitobda yuritilishi tavsiya etilib, kitob MTT direktori tomonidan tasdiqlangan, muhrlangan va raqamlangan boʻlishi talab etiladi.
09-04 Bolaning nutq xaritasi