“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’lajak tarbiyachilarning kreativ
kompetentligini rivojlantirishning ahamiyati
Saydullayeva Nargis Ilhom qizi
JDPI “Maktabgacha ta’lim “ kafedrasi o’qituvchisi
nargisfarzona404@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarning kreativlik
sifatlari, kreativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning
nazariy asoslari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, bo’lajak tarbiyachilar, fan va ta’lim,
kreativlik,
kasbiy kompetentlik, kreativ kompetentlik, kreativ potensial.
АННОТАЦИЯ
В статье описаны творческие качества воспитателей в дошкольном
образовании, теоретические основы совершенствования методики развития
творческой компетентности
.
ABSTRACT
This article describes the creative qualities of educators in preschool education, the
theoretical basis for improving the methods of developing creative competence.
Kirish. Xozirgi zamon innovatsion rivojlanishning global vazifalaridan biri bu
insonlarning kreativ fikrlashini shakllantirishdir. Kreativlik deganda insonning
yangi yangi g’oyalar ishlab chiqarishi, murakkab ko’rinib turgan , yechimi ochiq
turgan muammolarga yechim topa bilishi, tavakkalchilik qobilyati, o’zining kasbiy
faoliyatiga ijodiy yondashuvi hamda kasbiy yetukligi kabi harakatlari nazarda
tutiladi. Jahondagi globallashuv fan va ta’limning integratsiyalashuvi
jarayonlarida bo‘lajak mutaxassislarning kasbga tayyorgarligini rivojlantirish
masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Zamonaviy jamiyat
ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor,
ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni
tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar
zaxirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Sifatli ta’lim xizmatlarini imkoniyatlarini
oshirish , mehnat bozorining imkoniyatlariga mos keluvchi yuqori malakali kadrlar
tayyorlash siyosatini davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish kabi yo’nalishlar belgilanib, bu borada oliy ta’lim
muassasasi pedagoglarini hamda bo’lajak mutaxassislarni
kreativligini
rivojlantirish, doimiy yangilanib turuvchi jamiyat hayotiga yangicha fikr va
qarashlar bilan yondashuvchi yosh avlodni zamon talablariga mos ravishda
tarbiyalash oliy ta’lim muassasi pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi.