“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning ahamiyati Saydullayeva Nargis Ilhom qizi


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 379,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.01.2023
ölçüsü379,9 Kb.
#80083
1   2   3
3872-Article Text-9444-1-10-20211130

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Jahon miqyosida pedagogik tajriba va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida 
inson hayoti davomida egallaydigan barcha ma’lumotining 70%ini besh yoshgacha 
bo’lgan davrda olib ulgurishi o’z isbotini topgan. Darhaqiqat, bu davr mobaynida 
bola dunyoni idrok qilishni boshlaydi, fikrlaydi, atrof- olam bilan tanishadi, umri 
davomida oladigan bilimlarga zamin tayyorlaydi. Yurtimiz kelajagi hisoblangan
yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining o’rni 
beqiyosdir.
Prezident SH. Mirziyoyevning 2019- yil 19- oktyabrdagi maktabgacha ta’lim 
tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda 
ta’kidlaganlaridek: “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni 
tarbiyalamasdan turib biron bir o’zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. 
Bunda kadrlarni, millatning sog’lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha 
ta’lim tizimidan boshlanadi”. Ta’lim sohasiga qo’yiladigan talablar orasida 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining kasbiy va kreativ 
kompetentligini oshirish uchun qator chora- tadbirlar yo’lga qo’yilgan. Pedagog 
shaxsiga qo’yiladigan talab – eng avvalo o’z ustida izlanishlar olib borishidir.
Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tizimida eng muhim ehtiyoj maktabgacha 
ta’lim tashkiloti mutaxassislarining kasbiy yetukligi bilan birga kreativ 
kompetentligi hamdir. So’nggi yillarda kelajagimiz poydevori bo’lmish 
farzandlarimizga ya’ni maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-
3261-sonli "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida"gi qarori, 2016-yil 29- dekabrda qabul qilingan PQ-2707- sonli “ 
2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2018- yil 3- iyuldagi Maktabgacha ta’lim 
Vazirligining 3032- son “ O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha 


yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqidagi 
“, 2019- yil 16- dekabrdagi PQ-595-sonli “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to’g’risidagi “ qonuni, 2019-yil 8- maydagi PQ 4312-sonli “Maktabgacha ta’lim 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2020- yil 6- noyabrdagi “ 
O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim- tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PF 6108-sonli farmon va shu kabi 
qarorlarining qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya 
jarayoniga salmoqli yangilanishlar kiritilishiga xizmat qildi. Yurtimizda 2018-
yildan Koreya tajribasiga asoslangan “Ilk qadam” o‘quv dasturi maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida joriy qilina boshladi. Yangi dasturga binoan, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan mashg‘ulotlar beshta faoliyat 
markazlarida tashkil etiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan shuni ko’rsatadiki, bo’lajak 
mutaxassislarni tayyorlayotgan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan 
pedagoglardan ham o’quv jarayoniga mazmunan va shaklan yangiliklar kiritishni, 
ta’lim jarayoniga kreativlikni olib kirishni taqazo etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi bo’lajak mutaxassislarda 
kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini integrativ yondashuv asosida
takomillashtirish bo’lajak mutaxassislarning har qanaqa jarayonda o’zining ijodiy 
va kreativ qobilyatlarini namoyon qilishida foydali va kerakli jihatlarini ko’rsatadi. 
O’sib kelayotgan yosh avlodni yangi zamon talablariga to’laqonli javob bera 
oladigan, har qanaqa vaziyatga kreativ yondasha oladigan, dunyoni yangicha 
qarashlar bilan anglaydigan kreativ qobilyatlarini rivojlantirish, ularda kreativ 
fiklash va tafakkurni shakllantirish eng avvalo maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
faoliyat olib boruvchi pedagog, mutaxassislardan kasbiy faoliyatlarida kreativ
kompetentlikni talab etmoqda. Barkamol shaxsni voyaga yetkazishda roli beqiyos 
sanaladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’lajak tarbiyachilari hamda 
mutaxassislarini kreativ kompetentligini rivojlantirish eng avvalo oliy ta’lim 
muassasasi pedagoglarining zimmasidadir. Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar 
psixologiyasiga ko’ra) olti yoshgacha bo’lgan bolalar
40% iste’dod potentsialiga 
ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka
juda moyil bo’lar ekanlar. Shunday ekan, ayni shu davr bolalarda kreativ 
qobilyatlarini shakllantirishning ayni vaqtidir. Buning uchun albatta maktabgacha 
ta’lim tashkilotidagi mutaxassislarning o’zida kreativ sifat va kreativ kompetentlik 
shakllangan bo’lishi kerak. Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga Oliy ta’lim 
muassasasida taxsil oluvchi bo’lajak tarbiyachilarni o’qitishda “Kreativ 
Pedagogika asoslari” fanining qo’shilgani talabalarning kelajakdagi kasbiy 
faoliyatlarida zarur bo’lguvchi kreativ kompetentligini rivojlantirilishi ta’lim 
jarayonini samarali va sifatli tashkil etishda xizmat qiluvchi omil bo’ladi desak, 
adashmaymiz. Kreativlikning mazmun va mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, 
mamlakatimizdagi bir qator pedagog olimlarning o’quv – metodik qo’llanmalarini 
tahlil qilgan holda, quyidagilarni aytishimiz mumkin: 



Yüklə 379,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin