Kreativlik ( lot,ingl. “create”-yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor)-
individning yangi g’oyalar ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Kreativ kompetentlik esa- pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy
yondoshish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olishidir.
Kreativlik shaxsni yahlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi.
Shuningdek, kreativlik iqtidorining muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa,
kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi. P. Torrens fikricha, “kreativlik”
tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi:
- muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o’zgartirish;
- qaror va natijalarni shakllantirish asosida
muammoni aniqlash;
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlar
Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansada, biroq, bu holat
bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi.
Faqatgina ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni
qo‘llab-quvvatlash, bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda
javobgarlikni kuchaytirish, bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi
uchun imkoniyat yaratish va bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish , ijodiy
ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Maqolada
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bo’lajak mutaxassislarining kreativ
kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslarini yoritishda mamlakatimiz
pedagog olimlarining, jumladan N. Muslimov, M. Usmonboyeva, A. To’rayev, D.
Sayfurov va boshqa olimlar tomonidan tayyorlangan o’quv-metodik
qo’llanmalardan foydalanilgan.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasasi talabalari va
o’qituvchilari uchun kreativ kompetentligini rivojlantirishga yo’naltirilgan
yondashuvning joriy etilishi ta’lim mazmuniga, o’qitish shakliga, usullariga,
pedagogik texnologiyalari, nazorat usullariga hamda ta’lim va tarbiya jarayonida
talabalar va o’qituvchilar orasidagi munosabatlarida yangiliklar va o’zgarishlar
kiritishni talab etadi. Shunga binoan, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak
mutaxassislarni o’qitishda ta’limni tashkil etishning mavjud shakllari bo’lgan
ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarini mazmunan yangilash,
qo’shimchalar kiritilishi nazarda tutiladi. Ma’ruza darslarini ijodiy va erkin
fikrlovchi muammoli ta’lim shaklida, seminar darslarni kreativ sifatlarni
shakllantirishga va amaliy mashg’ulotlarda kreativ kompetentlikni integrativ
yondashuv asosida rivojlantirishga qaratilgan bo’lishligi kutilayotgan natijaga
samarali erishishda maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim
tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5198-sonli
Farmoni. 2017-yil 30-sentabr. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
30.09.2017 y.,
06/17/5198/0043-son; 09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi
to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni. – O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son,
3. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22 dekabrdagi
“Maktabgacha
ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 802-son Qarori /
qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020 y.,09/20/802/1658-son
4. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. “Ilk
qadam”
maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi BMTning
Bolalar jamg‘armasi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi texnik
ko‘magi yordamida yaratildi va nashr etildi. – T.: 2018.
5.
Muslimov N, Usmonboyeva M, Pedagogik kompetentlilik va kreativlik
asoslari” moduli bo‟yicha o‟quv-uslubiy qo‟llanma. :– Toshkent 2015, 120-
bet.
6. Роу А.Дж. Креативное мышление / Пер.с.англ. В.А.Островкого. М.: НТ
Пресс, 2007,176c.