2
Muslimov N.A.,
Sharipov SH.S., Qо‘ysinov O.A.
Mehnat ta’limi о‘qitish
metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash. Darslik. –Toshkent: TDPU, 2014. 389
b.
Mazkur darslikda о‘quvchilarining umumiy о‘rta ta’lim maktablari 5-9
sinflarida «Mehnat ta’limi» fanida “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” va
“Qishloq xо‘jaligi asoslari” yо‘nalishlari bо‘yicha о‘qitish
uchun pedagogika,
psihologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirish bilan
tanlagan ixtisosliklari bо‘yicha ta’lim–tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga
oshirish yо‘llari bayon qilingan.
Darslik asosan mehnat ta’limi yо‘nalishi bо‘yicha tahsil olayotgan
talabalarga mо‘ljallangan bо‘lib, shuningdek, undan professor-о‘qituvchilar va
ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar
:
1. Magzumov P.T. – pedagogika fanlari doktori, professor
2. Parmonov A.E. – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Darslik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Kengashi tomonidan muhokama qilingan va OО‘MTV muvofiqlashtiruvchi
kengashiga tavsiya etilgan.
Bayonnoma № ... (........2014y.).
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar
davlatimizning istiqbolini taminlovchi asosiy omillardan biri sifatida
jahon ommasi
tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘z navbatida «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb
egasi qilib tarbiyalashga asosiy etibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu
asosda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo‘lga
qo‘yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini taminlovchi muhim omil vazifasini
o‘taydi.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash
muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim
modelimizning asosiy g‘oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z ifodasini topgan.
Respublikamizda umumiy о‘rta ta’lim muassasalari oldiga о‘quvchilarni
xalq xо‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli
ravishda tanlashga tayyorlash bо‘yicha qо‘ygan ijtimoiy
buyurtmasini bajarishda
mehnat ta’limi о‘qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu
vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi о‘qituvchisidan umummehnat bilim,
kо‘nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda
dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon
talablari darajasida
pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg‘or
texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bо‘yicha
mukammal bilimlar, kо‘nikmalarni egallashni taqozo etadi. Shu munosabat bilan,
mehnat ta’limi о‘qituvchisining bilim, kо‘nikma va malakalari kо‘lami va sifati,
uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy о‘rta ta’lim DTS talablari asosida tashkil
etish va о‘tkazish bо‘yicha erishgan yutuqlari va yо‘l qо‘ygan kamchiliklari,
kasbiy mahorati va h.k. kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va kо‘p
qirrali
faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash,
nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal
4
tanlash asosida nazorat о‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini
boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy
ishlarni tahlili bu borada amalga oshirilayotgan barcha
tadbirlarni ilmiy-uslubiy
asnosida tashkil etilishini talab qilmoqda.
Mazkur darslik ta’lim tizimi tо‘g‘risida bо‘lajak
mehnat ta’limi
о‘qituvchilarga mehnat ta’limi jarayoni bо‘yicha tushuncha berish orqali yosh
avlodni tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish, e’tiqod va maslaklarini
shakllantirish, ma’naviy – axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi.
“Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi, kasb tanlashga yo’llash” bo‘yicha
darslik fanning dasturiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining
mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallab yozilgan.
Darslikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 5-9 sinf o‘quvchilari uchun
mehnat ta’limining maqsadi va vazifalari, davlat ta’limi standartlari, mazmuni va
tamoyillari uzluksiz holati yoritilgan. Umumiy ta’lim maktablarida asos qilib
tanlangan “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” va “Qishloq xo‘jaligi
asoslari” yo‘nalishlari ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirgan holatida o‘z
aksini
topgan.
Darslikda mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash faning
maqsad va vazifalari, tarixiy taraqqiyoti metodologik asoslari hamda ilmiy
tadqiqot metodlari kabi masalalar dastlabki boblarda yoritilgan. Shuningdek asosiy
mazmuni fanning didaktik asoslari, fanni о‘qitish metodikasi, rejalashtiriuvchi
xujjatlar, о‘qituvchining darsga hamda о‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari va kurs
ishi hamda bitiruv ishlarini bajarish metodikasi kabi masalalar tashkil etadi.
О‘quvchilarni kasb tanlashga yо‘naltirish masallari alohida mavzular kо‘rinishida
berilgan.