10
X asrda yashab ijod etgan ulug‘ bobokalonimiz Abunasr Al-Forobiy ham
kishilarni halol mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chaqiradi.
Forobiyning
fikricha: “Iinson - ojiz banda, hech narsaga qodir bо‘lmagan mavjudot emas, balki
u eng oliy kamolot bо‘lib о‘zining aql-idrok ziyosiga ega, о‘zi uchun zarur bо‘lgan
hamma narsani yaratishga qodir borliqdir"
1
. Forobiy mehnat va kasb-hunar
qо‘nikmalarini axloqiy fazilatlarni hosil qilish lozimligini ta’kidlab: "Agar kasb-
hunar fazilati tug‘ma bо‘lganda, podshohlar ham о‘zlari istab va harakat qilib
emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bо‘lgan, tabiat talab
qilgan tabiiy bir majburiyat bо‘lib qolar edi. Kasb-hunar fazilati tug‘ma bо‘lmas
ekan,
xalqlar va shahar ahllarida, odob-axloq, rasm-rusm,
kasb-hunar, odat va
irodani hosil qilishi insondan zо‘r kuch va qudrat talab qilinadi. Bu ikki yо‘l bilan:
ya’ni ta’lim va tarbiya yо‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan sо‘z xalqlar
shaharlar о‘rtasida nazariy fazilat va amaliy kasb-hunar
fazilatlari birlashtirish
degan sо‘zdir", - degan edi
2
.
Kasb-hunar egallashni ahamiyati tо‘g‘risida qomusiy olim Abu Ali Ibn
Sino(980-1037)ning asarlarida ham kо‘ramiz. Uning fikricha bolaga yoshligidan
biror kasb-hunarni о‘rgatish lozim. Bola kasb-hunarni ma’lum darajada о‘zlashtirib
bо‘lgandan sо‘ng о‘z kasb-hunaridan
hayotda foydalanishi, ya’ni halol mehnat
bilan mustaqil hayot kechirishiga о‘rgatish kerak.
"Yoshlarga ilm bera borib, ularga hunar о‘rgatmoq muhim ma’suliyatli ishdir.
Hunar о‘rganish birla yoshlar har qanday nojо‘ya hatti-harakatlardan holi
bо‘ladilar"
3
, - deb ta’kidlaydi Abu Ali Ibn Sino. Uning hunarli bо‘lishga qaratilgan
nasihatlari hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga ega:
Oltin olmaginu о‘rgangin hunar
Hunarni oldida xasdir oltin zar
4
.
Sharq, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar hamda о‘zbek marifatparvar shoirlari
ham kasb-hunar egallashni ahamiyati tо‘g‘risida о‘z
asarlarida qimmatli
1
М.Хайруллаев. Фаробий. Т., 85 бет
2
Хикматлар гулдастаси. Т., 1982. 53 бет
3
Абу Али Ибн Сино Таьлим ва тарбия пакида Т. 1967. 9-бет .
4
Ўша ерда 9 бетда
11
maslahatlarini qoldirganlar, bu meros hozirgi kunda ham yoshlarni kasb-hunarga
yо‘naltirishda muhim ahamiyatga ega.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotida Sharqu - G‘arbda
ham yoshlarni kasb-hunar
egallashlariga alohida e’tibor bilan qaralgan. Ularni kasb-hunar egallashlariga
otalik, ustozlik maslahatlarini, yо‘l-yо‘riqlarini muntazam berib kelganlar. Rasman
kasbga oid maslahat idoralari asrimiz boshlarida paydo bо‘la boshlagan.
Dostları ilə paylaş: