Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Mustahkamlash uchun savollar: 
1.
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” fanining 
qanday maqsad va vazifalari bor? 
2.
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” о‘quv fanini 
о‘zlashtirish jarayonida bakalavr qanday bilim, kо‘nikma va malakalarni 
egallaydi? 
3.
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” о‘quv fanini 
о‘qitish jarayonida ta’limning qanday zamonaviy metodlaridan foydalaniladi? 
4.
Mazkur о‘quv fanini о‘qitish jarayonida qanday pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish mumkin? 
5.
Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash va 
tarbiyasiga oid qanday fikrlarni bildirishgan? 
 
1.2.
 
 Maktab о‘quv rejasida mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashning 
qо‘yilishi, uning tarixiy taraqqiyoti 
Reja: 
1.
 
Kasb tanlashga yo’llashning tarixiy taraqqiyoti. 
2. Mehnat ta’limi jaryonida kasb tanlashga yо‘llash. 
Tayanch iboralar: 
kasb-hunar, hunarmand, kasbga yо‘naltirish, kasb turlari, 
intellektual qobiliyat, maslahat byurosi, bozor iqtisodiyoti sharoitida kasblar, 
kasbiy konsultatsiY.
1. Kasbga yо‘naltirishning tarixiy taraqqiyoti. 
Mehnat va kasbiy 
tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy 


12 
axborotlar, kasb tanlash, kasbga yо‘naltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan 
ishlardan biri bо‘lib, о‘z о‘tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat 
bо‘lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bо‘lmaydi. 
Odamzod paydo bо‘lishidan boshlab mehnat bilan shug‘ullangan. Dastlab faqat 
kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik, kattaroq maqsadni, moddiy 
manfaat kо‘rish uchun amalga oshirilib hatto, X asrlarda yirik harbiy qо‘shinlarni, 
millionlab xalqlarni buyumlar, anjomlar bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarish 
sohalari darajasigacha taraqqiy etgan. 
XII - XV asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda hunar ilmi, kо‘lami 
rivojlanishi eng yuqori pog‘onaga kо‘tarilgan. Har bir xalq ota-bobosidan meros 
bо‘lib, avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan о‘zining tarixiy-madaniy birligi bilan 
ajralib, о‘ziga xos-xususiyatlarni saqlab kelgan. О‘zbeklar ham shular 
jumlasidandir. Respublikamiz xududida о‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni 
kо‘rsatadiki, hunarmandchilik bu yerlarda ikki ming yillar oldin rivojlangan. Bu 
davrda sinfiy jamiyat paydo bо‘lib, yirik mehnat taqsimoti negizida
hunarmandchilik mustaqil soha bо‘lib ajralib chiqqan. 
IX - XII asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, xalqimizning xorijiy 
davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd 
etilishicha, 32 xil hunar turi mavjud bо‘lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb 
atashgan. 1897 yili birinchi aholi rо‘yxati vaqtida katta shaharlarda aholining 
kо‘pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan. Masalan, Namangan aholisining 64 
foizi, Qо‘qonning 52 foizi, Chustning 54 foizi, Marg‘ilonning 50 foizi, mustaqil 
kasb-hunar egasi hisoblangan
5

Hunarmandchilikning qadimiy davrlarda eng kо‘p tarqalgan turi temirchilik
zargarlik, misgarlik va tunukasozlik bо‘lgan. Hozirgacha keng tarqalgan qadimiy 
kasblardan biri yog‘och buyumlari yasash hunarmandchiligidir. XX asr boshlarida 
tikuv mashinalarini paydo bо‘lishi bilan yangi hunarmandchilik kasbi - tikuvchilik 
yuzaga keladi. О‘zbeklarning eng keng tarqalgan uy kasblaridan biri 
dо‘ppidо‘zlikdir. 
5
И.Жабборов. Ўзбек халки этнографияси. Т.,1995.


13 
Bulardan tashqari, hunarmandlar teridan har xil buyumlar yasaganlar, 
poyafzalchilar о‘z mahsulotlarini shahar va qishloqlarda yurib aholiga sotganlar. 
Nonvoylik, qandolatchilik va qassoblik ham kasblardan bо‘lib ularning dо‘konlari 
har qadamda uchragan. Katta tо‘y-ma’rakalar о‘tkazish odati maxsus oshpazlik 
kasbini yuzaga keltirgan. 
Tarixiy ma’lumotlarga asoslanib aytishimiz mumkinki, kasbga yо‘naltirish 
ishlari qadimdan shakllanib kelgan. Kasbga yо‘naltirish ishlari ham insoniyat 
jamiyat taraqkiyotining ehtiyojlaridan kelib chiqqan va u ham jamiyat kabi о‘z 
rivojlanish tarixiga ega. Tabiiyki, kasbga yо‘naltirish kasblar paydo bо‘lishidan va 
demak unga ehtiyoj yuzaga kelishidan ilgari paydo bо‘lishi mumkin emas edi.
Insonning bilim, kо‘nikma va qobiliyatlarini tashxis qilish bilan bog‘liq 
kasbga yaroqlilik darajasini baholash elementlarining paydo bо‘lish tarixi uzoq 
asrlarga borib taqaladi. Eramizgacha bо‘lgan III ming yillikdayoq qadimgi 
Vavilonda mirzalar tayyorlovchi maktabda bitiruvchilar sinovdan о‘tkazib 
borilgan. О‘sha davrlar bilim darajasidan kelib chiqilganda kasbiy tayyorgarlik 
kо‘rgan mirza Mesopatamiya sivilizatsiyasida markaziy о‘rinda shaxs turgan: u 
maydonlarni о‘lchashni, mulkni bо‘lishni, musiqa asboblarida ijro uslubini va 
ashula aytishni bilgan. Sinov davrida uning gazlamalarni, metallarni, о‘simliklarni 
turlarini bilishi, shuningdek, barcha tо‘rt arifmetik amallarni bajara olish 
kо‘nikmalari tekshirib kо‘rilgan. Qadimiy Misrda kasbni egallashga da’vogarlar 
suhbatdan о‘tkazilib, uning tarjimai holi, bilim saviyasi, tashqi kо‘rinishi hamda 
suhbatni olib borish qobiliyatlari aniqlangan. Sо‘ngra mehnat qilish, eshitish, sukut 
saqlash qobiliyatlari olov, suv va о‘lim bilan qо‘rqitish vositasida sinab kо‘rilgan. 
Aytilishicha, sinab kо‘rish va tanlovdan о‘tkazishning bunday jiddiy tizimini 
о‘tmishning buyuk allomasi Pifagor о‘z boshidan о‘tkazgan. О‘qishdan sо‘ng 
Gretsiyaga qaytgach, u о‘zi bosib о‘tgan sinovlar tizimi asosida о‘quvchilar tanlab 
olinuvchi maktab ochgan. Pifagor intellektual qobiliyatlarga asosiy e’tiborni 
qaratgan va badiiy qilib aytganda: "Har qanday yog‘ochdan ham merkuriyni yо‘nib 
bо‘lmaydi"- deb hisoblangan. Shuningdek, u yosh insonlarning о‘zini tutishiga 
ham alohida e’tiborni qaratgan va uni inson xarakterida namoyon bо‘luvchi asosiy 


14 
kо‘rsatgichlar deb sanagan. Pifagor о‘qituvchilar va ota-onalar tavsiyalariga etibor 
bilan qaragan, har bir yangi о‘quvchini sinchiklab kuzatib borgan. Shundan sо‘ng 
uni о‘z fikrini erkin ifodalashga va suhbatdoshlar bilan bahslashishga о‘rgatgan. 
Eramizgacha bо‘lgan ming yillikda Xitoyda hukumat amaldori kasbi va mansabi 
keng tarqalgan. Mos ravishda ushbu kasbni tanlashdagi dastlabki elementlar ham 
shu yerning о‘zida yuzaga kelgan. Bunday kasbni egalashga jazm etgan yoshlar 
tantanavorlik ruhi bilan sug‘orilgan muhitda davlat imtihonlarini topshirishgan. 
Imtihon savollarini kо‘pchilik holatlarda imperator о‘zi belgilagan, shuningdek, 
sinovdan ham о‘zi о‘tkazgan va da’vogarlarni saralash kо‘p bosqichli usulda 
amalga oshirilgan.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin