21
- tushunib yetish tanlab olingan, qayd qilingan obyekt oldindan aniq yoki
noaniqligini aniqlash;
- о‘lchash - shu obyektning sonini aniqlash.
Bilvosita kuzatish obyektni bevosita kuzatish imkoniyati bо‘lmaganda amalga
oshiriladi. Shunday obyektdagi shaxsning tug‘ma qobiliyati, imkoniyatlari,
intizomlilik, rostlik, kamtarlik, kamsuqumlik kabi xislatlari kirishi mumkin.
Bunday xislatlarni bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. Shuning uchun ham
о‘qituvchi о‘ziga qulay kо‘rsatkichlardan foydalanadi.
Bevosita va bilvosita kuzatish bilan bir qatorda faol kuzatish ham qо‘llaniladi.
Faol kuzatishda didaktik jarayonda bevosita о‘qituvchining о‘zi ham qatnashadi va
jarayonning borishiga ta’sir etadi. Bunda ishtirok etishning ijobiy tomoni shundan
iboratki, о‘qituvchi bо‘lib о‘tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini tushunib yetadi,
bu esa о‘quv jarayonini tadqiqot talablariga yо‘naltirish imkonini beradi. Bunday
usul ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-о‘qituvchilar tomonidan
о‘quvchilar faoliyatini faollashtirishda keng qо‘llaniladi.
Bilvosita kuzatish о‘qituvchini hodisalarni о‘rganishga kо‘proq jalb etishga
imkoniyat yaratadi. Mashg‘ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonidai
tayyorlangan kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar,
statistik mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatning
natijalarini hamda ijtimoiy muhit, xususan о‘qituvchi faoliyatining о‘quvchi
shaxsida uyg‘otadigan о‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi.
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash о‘qituvchini qiziqtirib qolgan
muammoli holatni taxlil kilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday holatni tahlil
qilish va unda ma’lum va noma’lumlarni aniqlash, qо‘shimcha adabiyotlarni
о‘rganish, tajribali shaxslarning bu masalaga bergan bahosi о‘qituvchiiing asosiy
va kо‘shimcha muammolarni aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: