61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin
Ta’limda tizimlilik va izchillik. Tizimlilik va izchillik ta’limda ma’lum
mantiqiy izchillik bо‘lish zarurligini bildiradi, chunki bilimlar vorislik xarakteriga
ega. Ular о‘zidan oldingi materialiga asoslanadi. Bilim olishdagi tizimlilik nazariya
va amaliyot bilan bog‘liq bо‘lgan xilma-xil usullarni qо‘llashni taqozo etadi.
Chunonchi:
a)
olinayotgan
bilim
bilan
о‘quvchilarning shaxsiy tajribasi va
kuzatishlarining aloqasi;
b) nazariya bilan amaliyotning aloqasi (korxonalarga ekskursiya);
v) turli masalalarni hal qilish, nazariy hamda amaliy xarakterdagi vazifalarni
bajarish, texnologik hujjatlarni ishlab chiqarish;
g) korxona, qurilish va qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish amaliyoti.
Bilimlarni tizimli bayon qilish о‘quv materialini qismlarga bо‘lib о‘rganish
ya’ni materialni о‘tilgan material bilan bog‘lash, asosiylarini ajratish, о‘quvchilarni
tahlil qilishga о‘rgatish, о‘rganilganlarni tizimga solib umumlashtirish demakdir.
Bilimlarni mavzular va fanlar bо‘yicha tizimga solish uchun katta-katta bо‘limlar
va alohida fanlar bо‘yicha takrorlash, о‘quvchilar bilimi, malaka va kо‘nikmalarini
butun о‘quv yili davomida muntazam ravishda hisobga olib borish zarur. Har bir
о‘quv fani ichidagi aloqalar tizimi bilan bir qatorda quyidagi hollarda
foydalaniladigan fanlararo aloqani ta’minlash lozim.
Material bayonidagi, malaka va kо‘nikmalarni egallashdagi izchillik о‘quv
fani hamda о‘quv jarayonining mantiqidan kelib chiqadi. Agar о‘quvchilar bilim,
malaka va kо‘nikmalarni qat’iy izchillik asosida egallasalar ulardan oson va yengil
foydalana biladilar, unutganlarini qayta esga tushira oladilar. О‘quvchilarga ishlab
chiqarish ta’limi berish jarayonida о‘rganilayotganlarni tizimlashtirish ya’ni
о‘rganilgan operatsiyalar, ish turlari о‘rtasida zaruriy aloqa о‘rnatish lozim.
Demak, fan dasturidagi materiallarni muntazam bayon qilish uning bо‘lim va
mavzularini muayyan izchillikda о‘rganish, yangi materialni о‘tilgan darslar bilan
bog‘lash, asosiy qoidalarni alohida ta’kidlash, о‘quvchilarni faktlarni tahlil qilish
va о‘zlashtirilgan bilimlarni о‘zlashtirishga о‘rgatish demakdir. Masalan, keskin
geometriyasini va kesish jarayonining keskich burchaklariga bog‘liqligini
33
о‘rganish о‘quvchilar uchun uncha qiyin bо‘lmaydi. Chunki ular kesish vaqtida
qirindi hosil bо‘lish jarayoni bilan, zubilo, iskana, dastarra tasmasi, tunika qaychi
va hokazo asboblarning geometriyasi bilan avval tanishganlar.