3. Mehnat ta’limi tamoyillari.
Ta’lim va tarbiya birligi -
ta’lim jarayonida
о‘quvchilarni tarbiyalash sodir bо‘ladi. Masalan: gazlamadan biror buyumni
bichishni о‘rgatishda, buyumni bichish bо‘yicha bilimlar, kо‘nikmalar va
malakalar hosil qilish bilan birga gazlamadan tejamkorlik bilan foydalanshini
о‘rgatish bilan iqtisodiy tarbiya shakllanadi. Yoki tikuv buyumiga moslab bezaklar
tanlab, sifatli tikishni о‘rgatish bilan о‘quvchilarda badiiy tarbiya, tikuv
mashinasida о‘tirib tikayotganda tikuv mashinasiga qarash, sozlangan mashina
bilan ishlash, ish kiyimiga qarash, ish joyini batartib bо‘lishiga e’tibor berish orqali
axloqiy tarbiya shakllanadi. Kasb ta’limi jarayonida о‘tilayotgan katta va kichik
mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini tо‘g‘ri
belgilash va uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda
muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ilmiylik tamoyili.
О‘quvchilar mehnat ta’lim darslarida olgan texnik bilimlar
mehnat kо‘nikmalari va malakalari tom ma’nosi bilan ilmiy xususiyatiga ega
bо‘lish kerak.
Ilmiylik tamoyili. о‘quvchilarga amalda sinalgan, ilmiy jihatdan tо‘g‘ri,
fanning eng yaxshi yutuqlarini hisobga olgan texnik ma’lumotlarni berishni kо‘zda
tutadi. Demak, ilmiylik tamoyilini amalga oshirish о‘quvchilarga ilmiy asoslangan,
tajribada sinalgan, fanning eng yangi yutuqlarini hisobga olgan texnikaviy
ma’lumotlarni yetkazishdir. Mehnat ta’limi о‘qituvchisi mashg‘ulotlarni olib
borish jarayonida beriladigan ma’lumotlarda sof ilmiy terminlardan foydalanishi,
fanda qabul qilingan ramziy belgilar, formulalar, о‘lchamlarni qо‘llashi lozim.
Mehnat ta’limi jarayonida о‘quvchilar har xil materiallarga ishlov berish, andoza
tayyorlash, modellashtirish ishlarini bajaradilar. Bunda о‘quvchilarda faqat
kо‘nikma va malaka hosil bо‘lib qolmay, balki ularda о‘rganayotgan mehnat
operatsiyalarining ilmiy asoslari haqida tushunchalar hosil bо‘ladi. Masalan: biror
31
buyumni modellashtirish uchun о‘quvchilar eng avval modellash elementlari
bо‘yicha ilmiy ma’lumotga ega bо‘lishi kerak.
Mazkur ilmiylik tamoyili talablariga binoan о‘quvchilar mehnat darslarida
stanoklar, uskunalar, mexanizmlar, mashinalar, asboblar, moslamalarning yangi
namunalari bilan ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarning eng yangi
markalari bilan ilg‘or texnologik jarayonlar va mehnatni ilmiy tashkil qilish bilan
tanishtirilishi kerak. Agar buni maktab ustaxonalarida amalga oshirib bо‘lmasa, u
holda ishlab chiqarish korxonalariga bir necha marta ekskursiyalar uyushtirib
bajarish mumkin. Mehnat ta’limi о‘quvchisi ilmiylik tamoyili talablariga amal
qilib, о‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda faqat ilmiy atamalardan, fanda qabul
qilingan ramziy belgilar, formulalar, о‘lchash va hokazolardan foydalanish kerak.
Maktab ustaxonalaridagi mehnat ta’limi, uning mazmuni ya’ni mashina,
mexanizm, asboblarning tuzilish va ishlash tamoyillariga oid texnik ma’lumotlar,
shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarish texnologik jarayonlari, mehnat usullari
umumiylik va xususiylikning birligi sifatida qarab chiqilganda ilmiy texnologik,
politexnik xususiyat kasb etadi. Shu bilan birga mehnat jarayonining boshqa
texnik-texnologik obyektlari va elementlariga xos umumiy qonuniyatlar
belgilanishi, ularning ilmiy-texnik va ruhiy-fiziologik asosi tushuntirib berilishi
zarur. Chunonchi, metal qirqish stanoklari va yog‘och ishlash asboblarini о‘rganish
vaqtida, tikuv mashinasida ishlashda ayni bir xil uzellar, uzatish mexanizmlari,
qirqish asboblarining tuzilishi va vazifasi о‘rganiladi. Yog‘och (rejalash,
iskanalash, arralash, randalash) va metallarga ishlov berish (rejalash, qirqib
tushurish, kesish, arralash va hokazo), hamir tayyorlash, gо‘shtni qovurish,
dimlash paytidagi mehnat jarayonlarini о‘rganishda mehnat usullari, mehnatni
tashkil qilish, asboblar, konstruksiyalar kabilarda kо‘pgina umumiy tomonlar
mavjud. Bundan tashqari mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘z darsida о‘quvchilarning
fan asoslari bо‘yicha (tabiatshunoslik, fizika, kimyo, matematika, chizmachilik va
hokazolardan) ongli bilimlardan bajariladigan obyektlarning (texnikaviy qurilma,
model, maket va boshqalarning) tuzilishi, ishlash tamoyili va hokazolarda,
tayyorlash texnologiyasini asoslashda foydalanish kerak.
|