Yosh individual xususiyatlarni hisobga olish.
О‘qitishning mazmuni ta’lim
metodlariga mos kelishi, shuningdek о‘quvchilarning aqliy, jismoniy va yosh
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bu talablar о‘quv materiallarini qismlarga
tо‘g‘ri taqsimlash (bajarishga kuch yetarli bо‘lishi, oddiydan murakkabga qarab
35
borishni ta’minlash, о‘qitishning turli metodlaridan foydalanish vaqtining)
obyektiv meyorlarini belgilash, о‘quvchilarning muvaffaqiyatli о‘qishining
ta’minlash maqsadida individual xususiyatlarini hamda qiziqishlarini о‘rganish
yо‘li bilan erishiladi.
О‘quvchilarning yosh individual xususiyatlarni о‘rganib amaliy ish
jarayonida о‘quvchilarning ulg‘ayishlariga yordam beradi (yomon tomonlarini
yо‘qotishga harakat qiladi yaxshi tomonlarini tarbiyalaydi).
Demak, mehnat ta’limi bо‘yicha о‘quv materialini mazmuni fan va texnik
taraqqiyotini hozirgi darajasiga mos ravishda о‘quvchilarga tushunarli bо‘lishi
kerak. Bundan tashqari, о‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligini ham nazarda tutish
kerak.
Dars mavzulari о‘quvchilarga mos va tushunarli bо‘lishi uchun:
a) о‘tilayotgan mavzuning ma’nosi va hajmi, amaliy mashg‘ulotlari
о‘quvchilar tayyorgarligiga, jismoniy rivojlanganligiga va yoshiga mos bо‘lishi
kerak;
b) mavzular soddadan murakkablashib borishi kerak, shuningdek, о‘quvchilar
bilim doirasini yangiliklar bilan tо‘ldirib borishi zarur;
v) ayrim о‘quvchilarga individual yondashish kerak, chunki о‘quvchilarning
ayrimlari yangi mavzuni oson tushunsa, ayrimlari qiyinchilik bilan tushunadilar;
g) kо‘rgazma qurollardan tо‘g‘ri va о‘rinli foydalanish.
Mehnat ta’limida onglilik va faollik.
Mazkur tamoyillar mehnat ta’limining
dasturiga kо‘ra о‘rganilayotgan materialni о‘quvchilar ongli ravishda, ijodiy
о‘zlashtiriladigan qilib tashkil etilishini kо‘zda tutadi. Mehnat ta’limining bunday
о‘tilishiga о‘quvchilar dars vaqtida yuksak darajada faollik kо‘rsatganlaridagina
erishish mumkin.
Texnik-texnologik bilimlar va mehnat kо‘nikmalarini ongli ravishda
о‘zlashtirish mazkur tushunchalar zaminida yotgan ichki murakkab bog‘lanishni
anglash, о‘rganilayotgan tushuncha va о‘zlashtirilayotgan mehnat jarayonlarining
eng asosiy muhim jihatlarini farqlay bilishda namoyon bо‘ladi. Mehnat ta’limiga
tatbiqan aytganda, bu о‘quvchilar texnik bilimlar va о‘rganilayotgan ishni, ish
36
jarayonidagi harakat usullaridan tortib to mehnat jarayonigacha ongli ravishda
о‘zlashtirishlarida va keyinchalik olingan bilimlarni, mehnat va hunar usullarini
о‘qish davrining har bir bosqichida takomillashtirish, о‘zlashtirilgan bilimlar va
bajarilayotgan mehnat topshiriqlarining sifatini nazorat qilib borish va hokazolarda
ifodalanadi.
Mehnat ta’limi mazmunini anglashi yoki tushunarli bо‘lishi bu
о‘quvchilarning о‘quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarish vaqtida zarur bо‘lgan
ilmiy, texnik, tashkiliy-iqtisodiy asoslarni: stanok, asbob-uskuna, moslama,
materiallardan oqilona foydalanishi; ishlash rejimi hamda nazorat usulini tо‘g‘ri
tanlashni bilib olish demakdir. Masalan, chо‘yan yoki pо‘latni qirqish vaqtida
zubilaning о‘tkirlanish burchagini nega 60° dan kam olish mumkin emas?
Uglerodli pо‘lat qizdirib sо‘ng, sovitilganda uning tarkibida qanday jarayonlar rо‘y
beradi? Metallarni qirqish vaqtida nima sababdan bolg‘a dastasini uning metal
qismiga yaqin joyidan zubilani chap qо‘l bilan qattiq qisib ushlash tavsiya
etilmaydi? Nima sababdan yо‘nish vaqtida qirqish tezligini, chuqurligini va
surishni taxminan oshirish mumkin emas? kabi savollarga о‘quvchilarning tо‘g‘ri
javob berishlariga erishish kerak.
Mehnat darslaridagi о‘quvchilarning yuksak faolligiga har bir mashg‘ulotning
maqsad va vazifalari, shuningdek, uning mazmunini aniq bayon etish,
о‘quvchilarga ijodiy tarzdagi mehnat topshiriqlarini berish, ta’limning eng samarali
metodlaridan foydalanish natijasidagina erishish mumkin. Chunonchi, mehnat
ta’limi darslarida zamonaviy texnika modelini ishlash jarayonida о‘quvchilarga
modelning alohida uzel va detallarini, konstruksiyalash hamda tayyorlash, model
bilan uzellar о‘rtasida kinematik aloqani ta’minlash va hokazolar yuzasidan ijodiy
tarzdagi topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar о‘quvchilarda mehnat ta’limi
darsiga qiziqish, maqsadga erishish yо‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf
etishda faollik kо‘rsatish istagini uyg‘otadi. Shunday qilib, mehnat ta’limida
onglilik va faollik tamoyili о‘quvchilarga mustaqil ijodiy fikrlashni atroflicha
singdirishni taqozo qiladi.
37
О‘qitish
о‘quvchilarning
tashabbuskorligini
va
mustaqilligini
tarbiyalanadigan tarzda olib borilishi kerak. Bu xislatlar о‘quv mashg‘ulotlaridan
kо‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni oddiy bayon qilib berilishi, о‘quv
materialining ongli о‘zlashtirilishi, nazariy va ishlab chiqarish ta’limning о‘quv
bog‘lanishida olib borilishi natijasida vujudga keladi. Mazkur tamoyillar mehnat
va hunar ta’limining dasturiga kо‘ra о‘rganilayotgan materiallarni о‘quvchilar
ongli ravishda ijodiy о‘zlashtiriladigan qilib tashkil etilishni kо‘zda tutadi. Mehnat
va kasb ta’limining bunday bо‘lishiga о‘quvchilar dars vaqtida yuksak darajada
faollik kо‘rsatganlaridagina erishish mumkin.
Mehnat darslarida о‘quvchilarning yuksak faolligiga har bir mashg‘ulotning
maqsad va vazifalarini, shuningdek, uning mazmunini aniq bayon etish,
о‘quvchilarga ijodiy tarzdagi mehnat topshiriqlarini berish, ta’limning eng samarali
metodlaridan foydalanish natijasida erishish mumkin. Chunonchi, mehnat va kasb
ta’limi darslarida zamonaviy texnika modelini ishlatish jarayonida, о‘quvchilarga
modelning alohida uzellar va detallarini konstruksiyalash hamda tayyorlash
modellar bilan uzellar о‘rtasida kinematik aloqani ta’minlash va hokazolar
yuzasidan ijodiy tarzdagi topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar о‘quvchilarda
mehnat ta’limi darsiga qiziqishi va о‘z maqsadiga erishish yо‘lida uchraydigan
qiyinchiliklarni bartaraf etishda faollik kо‘rsatish istagini uyg‘otadi.
Shunday qilib, mehnat va hunar ta’limida onglilik va faollik tamoyili
о‘quvchilarga mustaqil ijodiy fikrlashni atroflicha sindirishni taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: |