40
Biroq, о‘quvchilarniyag uiumli mehnati mehnat ta’limi
hamda tarbiyasining
asosi sifatida ta’lim tarbiya vazifalariga bо‘ysundirilishi lozimligini unutmaslik
shart. Binobarin о‘quvchilar tomonidan tayyorlanadigan mehnat obyektlari mehnat
ta’limi dasturi talablariga tо‘la javob berishi kerak. Ularni tayyorlash esa
о‘quvchilarning qо‘lidan keladigan bо‘lishi, ya’ni ularning yoki rivojlanish
darajasiga, jismoniy kuch va bilim imkoniyatlariga tushunarli bо‘lishini osonlik
deb tushunmaslik kerak. Oson о‘quv materialini о‘quvchilar qiynalmasdan
о‘zlashtiradilar, bu esa ularning aqliy faolligi
va ijodiy mustaqilligining
rivojlanishiga unchalik yordam bermaydi.
Mehnat ta’limining tushunarli bо‘lish tamoyil talablarini hisobga olib bajarish
о‘quvchilarning qо‘lidan keladigan ishga mos vaqt meyori belgilash juda
muhimdir.
Mehnat ta’limining tushunarli bо‘lishi foydalanayotgan ta’lim metodlariga,
kо‘rgazmali vositalarga, darsning material bilan qanday ta’minlanganligiga,
о‘qituvchining darsga qanday tayyorlanganligiga va hokazolarga bog‘liq bо‘ladi.
Bunda о‘quvchilar faqatgina о‘tilayotgan darsni о‘zlashtirib qolmay, oldingi
о‘tilgan darslar yuzasidan malaka va kо‘nikmalarni tamoyillashtiradilar,
kerak
bо‘lib qolganda esa ega tushirib amaliyot mobaynida qо‘llaydilar. Ongli va puxta
bilimni о‘zlashtirish maqsadida о‘tilgan materialni tizimli ravishda takrorlab borish
yangi materiallarni mustahkamlash choralarini kо‘rish zarurligini nazarda tutadi.
Bunga esa tushunarli bayon etish, mashqlar о‘tkazish, ilgari о‘tilganlarni о‘z
о‘rnida takrorlash, о‘quv materialni ohistalik bilan murakkablashtira borish,
о‘qituvchilarining bilimlarini, hisobga olib borish yо‘li bilan erishiladi.
О‘quvchilar mehnatga doir texnik ma’lumotlarni esdan
chiqarib quymasliklari
uchun о‘qituvchi о‘tilgan materiallarni muntazam ravishda sо‘rab turish kerak.
О‘quvchilar texnik bilimlarini zarur darajada puxta о‘zlashtirish uchun о‘qituvchi
yangi materialni о‘rgatish davomida о‘tilgan mavzuni mustahkamlab borish lozim.
Darsning ana shu tomoni о‘qituvchiga о‘quvchilarning mazkur mavzuni
о‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradi.
41
Binobarin mehnat ta’limi dasturi talablariga tо‘la javob berish kerak, ularni
tayyorlash esa о‘quvchilarning qо‘lidan keladigan bо‘lishi, ya’ni ularning
rivojlanish darajasiga jismoniy kuchi va bilim imkoniyatlariga kelishi zarur.
Bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishning
mustahkam va puxta
bо‘lishi shunday о‘quv jarayonini takozo etadiki, unda о‘quvchilar о‘zlarining
bо‘lajak faoliyatlari uchun zarur bо‘ladigan bilim, malaka va kо‘nikmalarni iloji
boricha asosliroq egallaydilar: ularni xotirada qayta tiklay oladilar hamda nazariy
va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: