Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Mehnat ta’limida didaktik tushunchalar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bilim
2. Mehnat ta’limida didaktik tushunchalar. 
О‘zbekistonning mustaqilligi 
yillarida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
tizimlarida muhim о‘zgarishlar kiritiladi: yangi pedagogik, axborot texnologiyalar, 
ta’lim tizimida jadallashtirib о‘qitish negizida barcha ta’lim subyektlarni fikrlash 
qobiliyatlarini rivojlantirishga intilmoqdalar va hokazolar muhim ahamiyatga 
egadir, ayniqsa, mehnat ta’limining barcha jihatlarini о‘quvchilarga politexnik 
ta’moyillarga tayanib keng va guruh mazmunlarini yetkazish katta pedagogik-
metodik ahamiyatga ega. 
Bu borada mazkur paragrafda mehnat ta’limining didaktik tushunchalariga 
tо‘xtalib о‘tiladi.
Ma’lumot
- о‘kitish jarayoni va uning natijasi hisoblanib, о‘quvchida bilim, 
iqtidor va kо‘nikmalarning о‘zlashtprilganligini, bilish qobiliyati о‘sganligi va ular 
asosida ilmiy dunyokarash, shaxsiy sifatlar shakl-langanligini, ularning ijobiy 
kuchlari va qobiliyatlarining qay darajada rivojlanganligini anglatadi. 
Ta’lim 
- ma’lum maqsadga iо‘naltirilgan, rejali ravishda amalga oshiriladigan 
“о‘qituvchi-о‘quvchi-о‘qituvchi” muloqoti bо‘lib, uning natijasida о‘quvchida 
ma’lumot, tarbiya va umumiy shakllanish, rivojlanish amalga oshadi. Odamlarning 
ma’lumoti faqat ta’limninggina natijasi bо‘lib qolmay, balki ota-ona va oila 
tarbiyasi о‘z-о‘zini tarbiyalash va ommaviy axborot vositalarining (kino, radio, 
zangori ekran va hokazo) ta’-sirida amalga oshiriladi. 
Bilim -
о‘rganayotgan obyekt haqida uning muhim xususiyat va sifatlarini, 
obyektni ma’lum jihatlarini biz tushunchalarda ifodalaymiz va о‘rganamiz. Demak 


48 
tushunchalar tizimini о‘zlashtirish orqali о‘rganilayotgan obyekt haqida zarur 
bilimga ega bо‘lamiz.
О‘quvchining 
bilimi
- tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini aks 
ettirgan fan konunlari, tushunchalar, ashyoviy dalillarnn о‘zlashtirishga 
yо‘naltirilgan pedagogik faoliyatning natijasidir.
Mehnat ta’limidagi bilimlar о‘rganayotgan obyektni (egov, arra, stanok, 
mashina va boshqa mehnat obyektini) vazifasi, tuzilishi, ishlash qoidalari
tayyorlanadigan materiallari, qо‘llash texnologiyasi, ishlashda e’tibor beriladigan 
xavfsizlik texnikasi, ta’mirlanishini о‘quvchilar ham nazariy, ham amaliy holatda 
qо‘llash texnologiyasini bilishlari shart. DTS nuqtai nazaridan о‘quvchilar 
о‘zlashtirgan holatini (bilim, kо‘nikma, malaka va mahorat, tajriba, ijod, 
takomillashtirish), darajalarini (mezon, meyor) doirasini belgilaydi. О‘quvchilar 
mehnat obyektini: har tomonlama, chuqur keng, tor, atroflarga о‘zlashtirib: “5”, 
“4”, “3”, “2” va “1” bahoga ega bо‘ladi. 
О‘quvchilar mehnat ta’limi obyektini: egovlashi, arralashi, parmalashi, ovqat 
tayyorlashi, texnikani о‘rganishi va hokazo texnologik operatsiyalarni 
о‘zlashtirishi, о‘rganishi, bajarishi о‘quvchini yana bir pog‘onaga kо‘tarib 
kо‘nikma darajasiga olib keladi. Bu borada bilimlarni haqiqiyligi va tо‘g‘riligi 
bevosita amaliyotda qо‘llanilishi bilan aniqlanadi. Bilimlarni qо‘llanishi о‘z 
navbatida ma’lum ish-harakati usullarining maqsadga muvofiqligi, tezligi, aniqligi 
va shu kabilarga kо‘ra kasbiy mahorat darajasi aniqlanadi. Kasbiy mahorat 
darajasini shartli ravishda kо‘nikma va malakalar shaklida talqin etiladi. Agar 
bilimlar amaliyotda ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda, lekin о‘ylab ma’lum 
ma’noda sekinroq bajarilishi kо‘nikma sifatida, tez fursatlarda bajarilishi esa 
malaka deb talqin etiladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin