51
Pedagogik muloqot
- о‘quv-tarbiya jarayoni davomida о‘qituvchi
(pedagog)ning о‘quvchilar bilan kasbiy muloqoti hisoblanadi.
О‘quvchining bilimi
- tabiat va jamiyatnnng rivojlanish qonuniyatlarini aks
ettirgan
fan qonunlari, tushunchalar, ashyoviy dalillarni о‘zlashtirishga
yо‘naltirilgan pedagogik faoliyatning natijasidir.
Qobiliyat
- shaxsning individual - psiholognk о‘ziga
xosligining psihologik
tarkibiy tuzilishiga kiritilgan, qaysidir bir faoliyatni
muvaffaqiyatli bajarishga
taalluqli bо‘lgan va bilimlar, malakalarni
egallashning tezkorligini, yengilligini
izohlab beradigan xususiyatdir.
Kasbga yо‘naltirish
- о‘quvchnning о‘z ehtiyojini oqilona cheklaydigan shaxs
sifatida kamolotga yetishning pedagogik jarayoni bо‘lib, nafaqat pedagogik tashqi
ijtnmoiy-iqtisodiy, balki psihologik, tibbiy, huquqiy muammo hamdir.
Odob-axloq
– shaxsning о‘ziga va dunyoga munosabatlariga
olib boruvchi
xatti-harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bо‘lib, sababiyat, tasavvurlar va
qarashlarni о‘z ichiga oladi, ya’ni shaxs shakllanishining manbai hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: