64
texnologiya asoslari, texnologik haritalar, ularni tuzish va foydalanish, xavfsizlik
texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari tо‘g‘risida bilim va amaliy
kо‘nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi rо‘zg‘orbob va haridorgir buyumlarni
tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy,
mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog‘ochga
ishlov berishga oid kasb-hunar turlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bо‘ladilar.
Metallga ishlov berish texnologiyasi bо‘limi:
о‘quvchilar metallarning
xususiyatlari tо‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash
ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qо‘l hamda elektr asboblarining
tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina
elementlari, yangi texnika, ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik haritalar, ularni
tuzish va foydalanish, mehnat qonunchiligi hamda xavfsizlik texnika qoidalari,
sanitariya-gigiyena talablari tо‘g‘risida bilim va amaliy kо‘nikmalarga;
rо‘zg‘orbob hamda haridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash
malakalarini egallaydilar; metalga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi
sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari tо‘g‘risidagi
ma’lumotlarga ega bо‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: