Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Mehnat ta’limi didaktik tizimlarini takomillashtirish



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3.Mehnat ta’limi didaktik tizimlarini takomillashtirish. 
Keyingi yillarda 


59 
о‘quv ustaxonalarida 
konstruksion-texnologik tizim 
bо‘yicha mashg‘ulotlar tashkil 
etiladi. Bu tizimning yetakchi g‘oyasi о‘quvchilarni ijodiy faoliyatini oshirishdan 
iboratdir. О‘quvchi biror buyumni tayyorlashdan avval uning loyihasi va ishlov 
berish jarayonini amalga oshirishi kerak bо‘lgan sharoitga olib kiriladi. О‘quvchi 
biror kiyimni tikish uchun avval о‘lchov olishi, asos chizmasini chizishi, andoza 
tayyorlashi, modellashtirish, andozani gazlamaga joylashtirib, buyumni bichishi va 
tikish kabi murakkab jarayonni bajaradi. Bu jarayonni bajarishda о‘quvchilarni 
ijodiy faoliyatlari ortib boradi. О‘quvchilarni ijodiy faoliyatlarini ortishi uchun 
yaratiladigan hamma narsalar zо‘r berib mehnat qilishini taqozo etadi. 
Ijodiy ishga idrok qilish yо‘li bilan emas, balki fikrlash faoliyati orqali 
erishiladi. Ijodiy ishlash jarayoni g‘oyani paydo bо‘lishi, ijodiy masalani vujudga 
kelishi, masalan yechish, yechimni amalda qо‘llash bosqichlariga bо‘lish mumkin.
О‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini amalga oshirishda pedagogik rahbarlik 
katta ahamiyatga ega. 
1.
О‘quvchilarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal qilish 
imkoniyatlaridan iborat faoliyatga qatnashtirish – о‘quvchilarning ustaxonalardagi 
faoliyati har xil xarakterda bо‘lishi va shunga kо‘ra turli darajadagi fikrlash 
faolligida amalga oshirish mumkin. 
2.
О‘quvchilarni ijodiy g‘oyaga keltirish yoki ular oldida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri 
ijodiy xarakterdagi savol va masalalarni qо‘yishi – о‘quvchilarga texnik ijodkorlik 
uchun topshiriqlardagi imkoniyatlari va ulardan foydalanishni anglatish lozim. 
3.
О‘quvchilarni fan va ishlab chiqarish asoslariga oid bilimlarini 
faollashtirish va qо‘llashga undash – о‘quvchilarga fan va ishlab chiqarish 
sohasidagi turli usul va uslublardan foydalanib, bilim, amaliy kо‘nikma va 
malakalarini shakllantirish. 
4.
О‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rag‘batlantirish- о‘qituvchining 
maqtashi, eng yaxshi ishlar kо‘rgazmasini tashkil qilish, devoriy matbuotda 
о‘quvchilarning yutuqlarini ommalashtirish va hokazolar bilan ijodiy faoliyatni 
rag‘batlantirish mumkin.


60 
О‘quvchilarning 
mehnat 
ta’limi 
jarayonida 
texnik 
ijodkorligini 
rivojlantirishga qaratilgan mehnat topshiriqlari mazmuni bо‘yicha uch guruhga 
bо‘linadi:
1)
Konstruksiyalash yoki loyihalash; 
2)
texnologik jarayonlarni tuzish; 
3)
mehnatni tо‘g‘ri tashkil etish. 
Texnik ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlardan boshlash va 
о‘quvchilarning mustaqilligini orttirish, ular buyumlarni konstruksiyalay oladigan, 
texnologiyani ishlab chiqa oladigan, о‘z mehnatlarini uyushtiradigan bо‘lish uchun 
mazkur topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib borish kerak.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin