Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Operatsiya buyum tizimi
– XIX asrning 90-yillarida S.A.Vladimirskiy 
tomonidan taklif etilgan. Bu tizim о‘quvchilar tomonidan mehnat operatsiyalarini 
о‘ylab, tanlangan buyumlarni tayyorlash jarayonida о‘rganishni kо‘zda tutadi. 
Bunda buyumlar shunday yо‘sinda tanlab olinadiki, birinchisini yasashda eng 
yengil (3-5) operatsiya о‘zlashtiriladi, navbatdagilarini tayyorlashda anchagina 
murakkabroq kо‘p operatsiyalar о‘rganiladi. 
Dastlabki kо‘nikma va malakalarni hosil qilishda maxsus mashqlarga e’tibor 
bermaslik bu tizimning samaradorligini birmuncha pasaytiradi. Bundan tashqari 
ishlab chiqarish ta’limining birnnchi mashg‘ulotlaridayoq birdaniga kо‘p 


57 
operatsiyalarni о‘z ichiga olgan buyumlarni tayyorlash о‘quvchilarda bu 
operatsiyalarniig mazmuni haqida tо‘g‘ri tasavvur bо‘lmasligiga olib kelardi.
Operatsiya-buyum tizimining yutug‘i о‘quvchi о‘z mehnati natijasini kо‘radi, 
operatsiyalarni о‘zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg‘ulotning birinchi darsidanoq о‘z 
ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlarni tayyorlash о‘quvchilarda bu 
operatsiyalarning mazmuni haqida tо‘g‘ri tasavvur bо‘lmasligiga olib kelardi. 
Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda.
Motorli-mashq tizimi.
Mashina industriyasining gurkirab о‘sishi, ishchilar 
mehnatini intensivlash hisobiga maksimal foyda olishga intilishi mehnat 
jarayonlarining haddan tashqari bо‘linib ketishiga olib keldi. Ishchi endi bir qator 
alohida yoki bitta operatsiyani bajarish о‘rniga mashinani boshqarish va unga 
xizmat kо‘rsatishdan iborat cheklangan miqdorda jismoniy mehnat usullarini 
bajarishi kerak bо‘lib qoldi. Shunda ham bu usullarni aniq, tez va mashinaning 
ishlash vaqtiga qarab qat’iy belgilangan vaqtda bajarishi shart. Bunday 
xarakterdagi mehnat usullari va uni tashkil etuvchi ish harakatlarini faqat maxsus 
mashq jarayonidagina о‘zlashtirish mumkin edi. Ishlab chiqarish ta’limining 
mazkur tizimi motorli - mashqli tizim deb atalishining boyisi ham ana shundadir. 
Ishchilar tayyorlashning bu tizimini amerikalik injener Teylor yaratgan. Uning 
mazmuni qat’iy tanlab olingan mehnat usullari va ularning elementlari (ish va ish 
jarayonidagi harakat)ni mexanik tarzda mashq qilishdan iborat. Ta’lim tizmini 
tо‘g‘ri mehnat usullarini tez shakllantirishga qaratilgan mashq mashg‘ulotlarini 
muayyan izchillikda bajarilishi bilan xarakterlanadi. Biroq о‘quvchining alohida 
ish harakatlari va usullarini bajarishi kо‘pincha operatsiyaning о‘zidan, buning 
ustiga mehnat jarayonlaridan ajratgan holda amalga oshiriladi, bu esa ularni 
mexanik tarzda о‘zlashtirilishiga olib keladi, barcha mehnat jarayonlarining 
komponentlari о‘rtasidagi obyektiv mavjud aloqa buziladi. 
Ushbu tizimning kamchiligi motor-mashq tizimi bо‘yicha о‘qitish о‘quvchilar 
kо‘nikma va malakalarni ongli о‘zlashtirishni nazarda tutmasdi. Kо‘nikmalarni 
shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan 
mashqlarni qо‘llash bilan amalga oshirilardi. Kо‘p marta takrorlash natijasida 


58 
mushaklarni ma’lum harakatlarni ongning ishtirokisiz ham bajarishga “о‘rgatish” 
mumkin, deb faraz qilingan. Ta’limda bunday yondoshish ma’qullanmadi va tez 
uni rad qilindi. Motor-mashq tizimining yutug‘i shundaki, unda mehnat о‘quv va 
malakalarini shakllantirishning didaktik jihatdan asoslangan, psixofiziologik 
qonuniyatlariga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat usuli – mehnat operatsiyasi – 
mehnat jarayoni birinchi marta ishlab chiqilgan va qо‘llanilgan. 
Bu tizimda о‘quvchilarga mehnat ta’limi berish besh davrga bо‘linadi: 
1.
Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini о‘zlashtirish bо‘yicha mashq 
mashg‘ulotlari. 
2.
Mehnat usullarini о‘zlashtirish bо‘yicha mashqlar. 
3.
Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir о‘rganish mashqlari. 
4.
О‘quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari о‘zlashtirilgan mehnat 
operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga о‘rganish. 
5.
Mustaqil davr, bunda о‘quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bо‘lgan 
buyumlarni tayyorlaydi.
Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va yutuqlari 
о‘rganilib, 
operatsiya-kompleks tizimi
yuzaga keldi. Bu tizimga asosan о‘quvchi 
avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni о‘zlashtiradi, sо‘ng shu operatsiyani ichiga 
olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini о‘zlashtirish va ularni 
kompleks ishlarda qо‘llash ta’limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi 
bosqichda о‘quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qо‘shiladilar. 
Masalan, kiyim tikishda qо‘llaniladigan barcha turdagi yengni, yoqani, mayda 
qismlarini tikishni о‘rgatib bо‘lingandan sо‘ng uni kiyimda qо‘llash bajariladi. 
Kamchiligi: о‘quvchi о‘zining ishining natijasini juda uzoq vaqtdan sо‘ng kо‘radi. 
Natijada qiziqish susayadi.
Hozirgi vaqtda о‘quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish jarayonida 
operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki operatsiyani alohida о‘rganish 
rejalashtirilgan va dasturda kо‘rsatilgan buyum xilini mahalliy sharoitga qarab 
о‘zgartirish mumkin. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin