Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Kasbga yо‘naltirish asoslari bо‘limi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Kasbga yо‘naltirish asoslari bо‘limi:
о‘quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda 
mehnat turlarining ta’rifi; qо‘l mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan 
kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qо‘yiladigan talablar; 
О‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 
yо‘nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. О‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga 


72 
yо‘naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, 
qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va 
moyilliklari, qobiliyatlarini e’tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; 
о‘z-о‘zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik 
omillarini tahlil qilish; о‘zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, о‘z 
ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga 
joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bо‘yicha bilim, kо‘nikma va 
malakalarga ega bо‘ladilar. 
 
5. 8-9 sinf о‘quvchilarini kasb-hunarga yо‘naltirish asoslari. 
Mehnat 
ta’limining davomi 8-9 sinflarda “Ishlab chiqarish asoslari, о‘quvchilarni kasb-
hunarga yо‘naltirish” maxsus kurslar negizida tashkil etiladi. Mazkur kurslarning 
har biriga haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan va ularning dasturidagi mazmunida 
quyidagilar e’tiborga olingan: 
- ishchi-mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qо‘llaniladigan turli xil 
asbob-uskunalar, jihozlar moslamalar foydalanishni о‘rgatish; 
- mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni 
о‘rgatish;
- texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, 
sanitariya-gigina qoidalari asoslarini о‘rgatish;
- 5-7 sinflardagi о‘zlashtirgan materiallar bilan uzviy bog‘langan turli ishlab 
chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni о‘rgatish; 
- о‘lchash-tekshirish asboblaridan, tо‘plangan ma’lumotlardan foydalana 
olish, mehnat topshiriqlarini bajarish, olingan natijalarni qо‘yilgan talablar bilan 
taqqoslash orqali xulosa chiqarish, о‘quvchilarni tanlangan aniq kasb malakasiga 
о‘rgatish; 
- о‘quvchilarni bilimga intilishi va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga 
nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalashni о‘quvchilar tanlangan aniq kasb malakasida о‘rgatish; 


73 
- о‘quvchilarga bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talablari asosida sifatli, 
raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan 
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini о‘rgatish, ish boshqaruvchi 
(menejerlik) unsurlarini, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va 
rivojlantirishni о‘quvchilar tanlangan aniq kasb malakasida о‘rgatish; 
- xalq hunarmandchiligi kasblarini о‘rgatish orqali xalq milliy ruhini, yashash 
tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy 
yodgorliklar, xalq usullarining boy merosini о‘rgatish va ulardan о‘z amaliy 
faoliyatlarida foydalanish kо‘nikmalarini mustahkamlashni, о‘quvchilar tanlangan 
aniq kasb malakasida о‘rgatish; 
Shunda mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash jarayonlarida axborot 
texnologiyalari va kompyuter texnikasi, yangi texnologiya va jihozlarning 
qо‘llanilish sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos 
holda о‘rganishlarini ta’minlash yuzasidan о‘quvchilarda tanlangan kasb buyicha 
mehr shakllanadi. 
8-9 sinflardagi mehnat ta’limi DTSni va davlat dasturini mukammal tahlil 
etilsa, uni mazmunidan umumiy: iqtisodiy, huqukiy, ekologik, ijtimoiy, ma’naviy, 
ma’rifiy, madaniy falsafiy va insoniyatning boshqa masalalariga xos tushunchalar 
hosil etiladi. 
Yuqori sinf о‘quvchilari ishlab chiqarish asoslari hamda undagi tarmoqlar, 
korxonalar, kasblar va ularni tanlash qoidalari, tamoyillari hamda boshqa 
ma’lumotlarga ega bо‘lishlari uchun, ular olimlar, mutaxasislar, pedagoglar, 
metodistlar tomonidan ishlab chiqilgan fundamental asoslarni har tomonlama 
о‘rganishlari lozim. Shunda о‘quvchilarga ma’lum bо‘ladiki, olimlar xalq xо‘jaligi 
soha va tarmoqlarida mavjud kasblarni ular besh tizimlarga bо‘lganlar. Ular 
quyidagicha: 
1.
Odam-texnika tizimi. 
2.
Odam-tabiat tizimi 
3.
Odam-odam tizimi 
4.
Odam-raqamlar tizimi 


74 
5.
Odam-badiy obraz tizimi 
I.
Odam-texnikadagi tizimda - odamlarni tanlagan kasblari texnika bilan 
chambarchas bog‘langanligidan darak beradi: tokar, haydovchi, о‘quvchi va 
hokazo. 
II.
Odam-tabiat tizimidagi kasblar tabiat bilan bog‘liqligi ravshan bо‘ladi: 
agronom, bog‘bon, ekolog va hokazo. 
III.
Odam-odam tizimidagi kasblar: bog‘cha tarbiyachisi, о‘quvchi murabbiy 
va hokazo. 
IV.
Odam-raqamlar bilan bog‘langan kasblar: buxgalter, kompyuterchi, 
hisobchi, soliq xodimi va hokazo.
V.
Odam-badiy obrazdagi kasblar: artist, rejissor, yozuvchi, dramaturg va 
hokazo. 
Bu borada ta’kidlash zarurki, yuqori sinf о‘quvchilari kasb tanlashda boshqa 
kasb tanlash omillari orqali о‘zlariga qiziqqan kasblarni tanlashlari mumkin. Ular 
quyidagicha:
1. Kitobni tayyorlash, ishlab chiqarish va haridorlarga tarqatish bilan 
shug‘ullanadigan kasb egalari: yozuvchi dramaturg, muharrir, korrektor, raqam 
teruvchi, sotuvchi va boshqa kasb egalari. 
2. Teatr, uni tayyorlash, kо‘rsatish bilan shug‘ullanadigan boshqa kasb 
egalari: yozuvchi, dramaturg, rejisser, artist, sahnani jihozlovchi va boshqa kasb 
egalari. 
3. Kino, uni tayyorlash, kо‘rsatish bilan band bо‘ladigan kasb egalari: 
yozuvchi, rejissyor, artist, kaskadyor, mantajchi va boshqa kasb egalari. 
4. Harbiy, ichki ishlarni muhofaza etuvchi organlar va boshqa qayd etilmagan 
sohalar, tarmoqlar, idoralarda faol etayotgan kasb-mutaxasislik egalari tо‘g‘risida 
olib boriladigan kasb tanlash ishlari mehnat ta’limi bilan bevosita bog‘lanmagan 
bо‘lsa ham, 8-9 sinf о‘quvchilar bilan mazkur kasblar yuzasidan tarbiyaviy - 
kasbga yо‘naltiruvchi tadbirlar (uchrashuvlar, suhbatlar, ekskursiyalar va boshqa 
ishlar) olib borilishi maqsadga muvofiqdir.


75 
Undan tashqari 8-9 sinf о‘quvchilar bilan mehnat va kasb tushunchalari 
yuzasidan olib boriladigan ishlarni rejalash va tashkil etishda quyidagi 
materiallardan unumli foydalanish lozim. 
Ma’lumki, insoniyat qanchalik qadimiy bо‘lsa uning an’analari, qadriyatlari 
va ma’naviy meroslari ham shunchalik qadimiydir. Bular esa xalqning ildizi, uning 
tarixi, millatning qiyofasidir. Buning bunyodkori, ijodkori, saqlovchisi va 
yoqlovchisi, tarixiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi - xalq ommasidir. Unda 
ta’limning va tarbiyaning cheki yо‘q, u “cheksizdir”. Bu kuchning о‘rnini, hech bir 
omil bosa olmaydi. Undan aql-idrok bilan jamiyat manfaatlari yо‘lida samarali 
foydalanish jamoat tashkilotlarining muhim burchi hisoblanadi.
Yoshlarning kasb-hunar egallashlariga kо‘maklashish, ularni butun 
chorvachilik, sanoat, qishloq xо‘jaligi bilan xо‘jalik va madaniy qurilish ishlariga 
jalb qilish har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashning muhim sharti 
ekanligini unutmasligimisiz zarurdir. Kо‘pchilik yoshlarimiz “kasb-hunar” 
tushunchalarida kо‘p adashadilar. Ammo bu tushunchalar bir-biridan qisman 
bо‘lsada farqlanadi.
“Kasb” sо‘zi “tirikchilik” “yashash” vositasi bо‘lgan ish yoki egallash, 
о‘rganish ma’nosida berilsa, “hunar” sо‘zi esa, о‘rganib malaka, kо‘nikma hosil 
qilinadigan ish va uni bajarish qobiliyati yoki san’at va mahorat ma’nosida 
ishlatiladi.
Shunday mutaxassislar borki, ular xalqimizda sevib ardoqlanib kelinayotgan 
ustalarni tayyorlaydiki, shо‘ro davrda uzoq yillar davomida ana shunday ustalar 
mehnati e’tibordan chetda qoldi.Hozirgi vaqtda esa ustaning qadrini tiklash payti 
keldi. 
Kasb-hunar kollejlarda zamon talablariga javob beradigan о‘quv tarbiya 
ishlarini tashkil qilish yangicha pedagogik tafakkurning “mevasi” bо‘lishi zarur. 
Shu ma’noda kollej о‘quvchilarining shaxsiy fazilatlari, kasbiy bilimlari, 
ijodkorligi va mahorati kо‘p jihatlardan ishlab chiqarish ta’limi jarayonining qay 
darajada tashkil qilinishiga bog‘liq.


76 
Kasb-hunar kollejlarida quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bо‘yicha ishlab 
chiqarish ta’limi amalga oshiriladi: sanoat (mashanasozlik, energetika, 
samolyotsozlik, avtomobilsozlik, metallurgiya, geologik va foydali qazilmalarni 
ishlab chiqish, kimyo sanoati, yengil sanoat, poligrafiya ishlab chiqarishi, oziq-
ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish), transport, aloqa qurilishi, uy-joy kommunal 
xо‘jaligi, qishloq va о‘rmon xо‘jaligi, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat va 
san’at, ijtimoiy va iqtisodiy soha, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat qо‘rsatish va 
boshqalardir. 
О‘z navbatida, ulardagi har bir kasbiy faoliyat sohasi bir kancha 
ixtisosliklarni qamrab oladi. Masalan, “Qishloq va о‘rmon xо‘jaligi” kasbiy 
faoliyat sohasida kamida 20 xil kasb bо‘lib, ularning har biri bir necha 
ixtisosliklarni о‘z ichiga oladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin