Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1. Mehnat ta’limining qanday maqsad va vazifalari bor? 
2. 5-7 sinflarda “Texnologiya va dizayn” yо‘nalishi bо‘yicha qanday mehnat 
tayyorgarligi kо‘riladi? 
3. 5-7 sinflarda “Servis xizmati” yо‘nalishi bо‘yicha qanday mehnat 
tayyorgarligi kо‘riladi? 
4. 5-7 sinflarda “Qishloq xо‘jaligi asoslari” yо‘nalishi bо‘yicha qanday 
mehnat tayyorgarligi kо‘riladi? 
5. 8-9sinf yо‘nalishlar bо‘yicha kasbiy tayyorgarlikkacha bо‘lgan tayyorgarlik 
mazmunini izohlang. 
6. 8-9 sinf о‘quvchilarini kasb-hunarga yо‘naltirish ishlari qanday amalga 
oshiriladi? 
7. Xalq xо‘jaligi soha va tarmoqlarida mavjud kasblar nechta tizimga 
bо‘linadi? 
 
 


77 
3.2. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bо‘limini 
о‘qitishni tashkil qilish 
Reja: 
1. Xalq hunarmandchiligining metodologik va tarixiy asoslar 
2. Xalq hunarmandchilik turlaridan naqqoshlik san’ati va ularda qо‘llanadigan 
asbob-uskunalar, texnologiyalar 
3. Kashtachilik an’analariga ijtimoiy hayotning ta’siri. 
4. Xalq hunarmandchilik turlaridan kashtachilikda qо‘llanadigan asbob-
uskunalar, texnologiyalar. 
Tayanch iboralar: 
xalq amaliy bezak san’ati, naqqoshlik san’ati, naqshli 
bezaklar, me’morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari, badiiy va madaniy 
meros, olti-sakkiz qirrali stol, quticha, ramka, shamdon, islimi naqsh, girih naqsh, 
murakkab naqsh, hunarmand – kashtadо‘z, sо‘zana, choyshab, oynaxalta, 
choyxalta, tuzxalta, palak, sо‘zana, joynomoz, qaytma chok, suv chok, iroqsimon 
chok, yо‘rma chok, popop chok 
1.Xalq hunarmandchiligining metodologik va tarixiy asoslar. 
О‘zbek 
xalqining kо‘p asrlik tarixidan ma’lumki, xalq amaliy bezak san’ati va 
hunarmandchilik boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va 
ommaviy qismini tashkil etadi. О‘zbek diyorida vujudga kelib, gullab-yashnagan 
amaliy san’at bemisol va betakrorligi bilan dunyoga mashhur bо‘lib kelmoqda. 
Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bо‘lsak, о‘zbek 
amaliy san’ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya’ni ibtidoiy 
jamiyatga borib tarqalishning guvohi bо‘lamiz. 
Badiiy idrok qobiliyati kishilarda, о‘quvchilarda olamni, undagi mavjudotlar, 
narsalar va voqea-hodisalarni, atrof muhitdagi shakllar va ranglarning turfa shakl-
shamoilida aks ettirishga havas uyg‘otadi. Shakl va ranglarning real hamda 
stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va о‘z navbatida 
odamlarning kundalik turmushidan о‘rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning 
turli-tuman shakllari va turlari paydo bо‘ldi. Boshqa san’atlarga nisbatan, bunday 
naqshli bezaklar kо‘pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari 


78 
bor. Ma’lumki, islom mamlakatlarida mavjudotlar tasviri ishlanmagan, balki, 
tasviriy san’atga chuqur falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish, 
rasmiylikka asoslangan badiiy bezak asarlarini yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy 
haqiqat о‘zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bо‘lganki, 
hozirda jahonda mashhur me’morchilik yodgorliklarimiz va ulardagi ganchkorlik, 
koshinkorlik, naqqoshlik, hattotlik, toshtaroshlik va boshqa turlardagi san’atlarning 
ajoyib darajada uyg‘unlashganligida kо‘rinadi. Uning negizida murakkab, 
izlanuvchan, ijodkorlik mehnat mavjud. Misol uchun: Samarqand, Buxoro, Xiva, 
Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qо‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va 
xalq amaliy san’ati yodgorliklari о‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, 
takrorlanmas va tarixan bebaho san’at asarlarining namunalari bо‘lib, xalqimizning 
va shu bilan jahon madaniyatining durdonalaridan bо‘lgan badiiy va madaniy 
merosini tashkil etilganidan xabardor bо‘lamiz. 
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini 
shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun о‘zbek xalqi amaliy san’ati 
kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy ruhda tarbiyalaydi. 
О‘zbek xalq san’ati qadimiyligi, hamda boy madaniyati bilan butun dunyoga 
mashhur. Uning yer yuzasi va tuproq osti qismi ulkan bir tarixiy muzey. 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg‘ona va boshqa shaharlardagi 
har bir tarixiy obida, har bir xalq amaliy san’ati namunasi bobokalonlarimiz 
yaratgan barkamol, takrorlanmas, teran mazmunli va tarixan bebaho san’at asarlari 
jahon madaniyatining durdonalaridan bо‘lgan badiiy va ma’naviy merosini tashkil 
etadi. 
Asrlar davomida orttirilgan va madaniy boyligimiz, xususan, shо‘ro tuzumi 
davrida о‘zbek milliy xalq amaliy bezak san’atining eng kо‘p rivojlangan 
turlaridan ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och о‘ymakorlik, toshtaroshlik, suyak 
о‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik , zardо‘zlik, 
gilamchilik kabi turlarning о‘ziga xos tomonlari, bajarish texnologiyasi, haqiqiy asl 
nomlari, о‘ziga xos maktablari, uslublari yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin 
yо‘qolib ketish xavfi ostida qoldi. Bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda 


79 
xalqimizning asrlar bо‘yi yaratgan mehnati natijasida yaratilgan amaliy bezak 
san’atini kо‘z qorachig‘idek saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, 
yoshlarga о‘rgatish orqali ularning estetik didini о‘stirish hamda yuksak 
madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi. 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, 
Nosir Xisrav, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur kabi jahonga mashhur 
olim, shoir va musavvirlar xalqimizni gо‘zallikka intilishga chaqirgan. 
Bobomiz Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar 
yordamiga tayanib matematika, geometriya, me’morchilik, astronomiya, adabiyot, 
tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’at va hattotlik kabi san’at asarlarini 
rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. Shaharlarni har tomonlama chiroyli va 
ulug‘vor qilishga intildi. Jumladan, tosh hamda g‘isht yо‘llar, keng katta ravon 
kо‘chalar qurdirgan. Bir-biridan mahobatli binolar soldirgan. Samarqandning 
Registon maydonidagi Ulug‘bek, Sherdor va Tilla Qori madrasalari, Shoxi Zinda 
va Gо‘ri Amir ansambl maqbaralari, Bibixonim masjidi, Buxoroda Ismoil Samoniy 
maqbarasi, Toshkentdagi Kо‘kaldosh madrasasi, Shahrisabzdagi Oq Saroy va 
boshqalar bugungi kunda dunyoga mashhurdir. 
Amir Temur va Temuriylar davrida xalq san’ati hunarmandchiligi qolaversa 
madaniyati yuksak darajada rivoj topdi. Temurning amri bilan turli 
mamlakatlardan ustalar, me’morchilar olib kelinib ajoyib takrorlanmas binolar 
qurilgan va bog‘u-rog‘lar barpo etilgan. 
Ayniqsa Temur о‘z onasiga bag‘ishlab qurdirgan Oqsaroy tarixning bir 
bо‘lagi bо‘lib qoladi. Uni 1379 yilda Temurning amri bilan qurdirilgan. 
Ma’lumki, о‘zbek xalq amaliy bezak san’atining eng rivojlangan turlaridan 
biri naqqoshlikdir.О‘zbekiston territoriyasidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm, 
Sо‘g‘d, Baxtriya va boshqa naqsh san’atini rivojlanganligi ma’lum. Olimlarimiz 
Surxandaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II – asr), Dalvarzintepa (I-asr) 
qazilmalaridan topilgan, rasm, naqsh qoldiqlari orqali buni isbotlab berganlar, 
Xorazmdagi Tuproqqal’a zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizga 


80 
ma’lum. VI-VII asrlarda qasrlar va boylarning uylari naqshlar hamda tasvirlar 
bilan bezatilgan. 
IX-X-asrlarda О‘rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi. 
Arxitekturada g‘isht qolipli naqsh solish yuksak rivojlandi, binolarning ichki 
tomonlariga ganch, yog‘och о‘ymakorligini qо‘llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa, 
maktablarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch naqshlar bilan nafis bezatilgan. 
XVIII asrning oxiri XIX asrda Qо‘qonda, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlarda 
yetuk ustalar yetishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik, chilangarlik va 
boshqa san’at turlari rivojlandi. 
Qadimda hunar о‘rganish muqaddas sanalgan. Har bir xalq kelajak avlodlarga 
о‘zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan. О‘zbekiston qadimda 
hunarmandlar markazi bо‘lgan, desak xato qilmagan bо‘lamiz. Masalan, Andijon 
viloyatida Shahrixonda, Samarqand viloyatida Urgutda, Farg‘ona viloyatida 
Qо‘qon va Marg‘ilonda, Namangan viloyatida Chustda xalq hunarmandchiligi 
gullab yashnagan. Hunarmandlar ma’lum bir davrlarda mahallalarga bо‘linib 
shug‘ullanganlar, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb 
yuritilgan. О‘sha davrlarda yana misgarlik, zargarlik, buyrachilik, sandiqchilik, 
pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik mahallalari ham mavjud bо‘lgan. Masalan, 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda buyrachi mahallasi bо‘lib, u yerda 
umuman Buxorodagi buyra tо‘qiydigan ustalar yashagan. Buyrachi mahallasida 
120 ta oila yashagan. 
Har bir kasbkorlik mahallasida qо‘ni-qо‘shnilar о‘rtasida raqobat bо‘lgan. 
Chunki kimning mahsuloti sifatli bо‘lsa, xalq о‘shaning ishlab chiqargan 
mahsulotini sotib olgan. Shuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga 
intilgan. Har bir ustaning о‘z rastasi bо‘lgan. Bozorda odatda bozor begi bо‘lgan. 
U barcha rastalarga keltirilgan mollarni kuzatib ularga narx belgilab chiqqandan 
keyin savdo-sotiq boshlanar edi. Sifatsiz mahsulot ishlagan ustaning bozori 
kasodga uchragan. 
Naqqosh о‘tmishda xalq ustalarining eng bilimdoni hisoblangan. Chunki ular 
madrasada tahsil olib adabiyot, tarix, musiqa, matematika, kimyo fanlarini yaxshi 


81 
bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-avlodga о‘tib kelgan. Qadimdan 
naqqoshlar naqsh yaratish sir-asrorlarini usta bо‘lganlaridan sо‘ng ular ham о‘z 
shogirdlariga о‘rgatganlar. Shunday qilib, naqqoshlik kasbini hunarmandchilikka 
asos qilib an’ana tariqasida rivojlantirib kelganlar. Zamonamizda naqqoshlik yosh 
avlodga: mehnat ta’limining turi, tо‘garak, kasb shaklida о‘rgatilmoqda. Aslida 
naqqoshlikni о‘rgangan о‘quvchi-shogird xalq hunarmandchilikning boshqa soha, 
tarmoq kasblarni ham о‘zlashtirishi osonlik bilan amalga oshgan. Chunki halq 
badiiy hunarmandchiligi sohalari: ganch, о‘ymakorlik, yog‘och, tosh va suyak 
о‘ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, kulolochilik, sandiqsozlik, beshiksozlik, 
pichoqchilik, zargarlik, chilangarlik, chopon tikish, kiygiz bosish, dо‘ppidо‘zlik, 
sharq miniatyurasi, rixtagarlik, zardо‘zlik, patdо‘zlik, kashtachilik, chitgarlik, savat 
tо‘qish, bо‘yrachilik, gilam tо‘qish va boshqa shu guruhga kiradigan badiiy 
hunarmandchilik kasblarini о‘rganish texnologiyasida naqqoshlik asos hisoblanadi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin