89
har bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning ta’siri
ostida rivoj topganini kо‘rsatadi.
Hozirgi kunda respublikamizning shahar va qishloqlarida ijtimoiy hayotning
о‘zgarib borishi bilan kashta tikish kamayib ketgan. Masalan, qizlar yildan-yilga
magazin va bozorlardan tayyor tikilgan kashtalarni olishga о‘rganib qolishgan.
Tikkan taqdirda ham, asosan yostiq uchun koshaklar, sanoqli belbog‘ va qо‘l
rо‘molchalar, sochiq tikishlari mumkin. Katta-katta buyumlar masalan: sо‘zana,
zardevor, parda tikish qolib ketgan.
Xotin-qizlar kashta tikish, gilam tо‘qish, chopon tikish bilan davlat va uy-
rо‘zg‘or yumushlaridan bо‘sh vaqtlarida band bо‘ladilar. Bozor iqtisodiyoti ta’siri
bilan, yildan-yilga tikiladigan kashtalar soni ham, turi ham kо‘payib bormoqda,
sifati esa yaxshilanmoqda. Qizlarimizning qanchalik chevarligi, mehnatsevarligi,
didi ular tikkan kashtalardan ma’lum bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: